Abdug`afurov Abdurashid Xo`jayevich
Abdurashid Xoʻjayevich Abdugʻafurov — (15-yanvar 1931-yil, Toshkent) — adabiyotshunos, matnshunos.
Taʼlimi
Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), filologiya fanlari doktori (1970), professor (1979). Oʻrta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan (1951).
Faoliyati
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, bosh ilmiy xodim (1958-1976-yillar; 1981-1992-yillar), boʻlim mudiri (1992-yildan) lavozimida faoliyat yuritgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Chet tillar kafedrasi mudiri (1977—1981-yillar) boʻlib ishlagan.
Asarlari
Abdurashid Abdugʻafurovning oʻzbek mumtoz adabiyotining muhim ilmiy-amaliy masalalariga bagʻishlangan „Oʻzbek demokratik adabiyotida satira“ (1961), „Navoiy sa-tirasi“ (1-jild, 1966), „Navoiy ijo-dida satira“ (2-jild, 1972), „Zokirjon Furqat“ (1977) kabi yirik monografiyalari bor. Muqimiy, Zavqiy, Kamiy, Bobur, Mashrab kabi qator ijodkorlar asarlarini nashrga tayyorlagan. Shuningdek uning „Qalb qaʼridagi qadriyatlar“ (1999-yil) va „Muhammad Rizo Ogahiy“ (1999-yil) asarlari ham mavjud.
Mukofotlari
Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992) boʻlgan.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org