Abdugʻaffor Qodirov
Abdugʻaffor Qodirov (1938-yil 28-mart, Andijon shahri Oʻzbekiston SSR, SSSR — 1999-yil 27-noyabr, Andijon, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik raqqos, sozanda, baletmeyster, Andijon polkasi oʻzbek milliy raqs turi harakatlari sahnalashtiruvchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi. Yigitlar raqsi, Dilxiroj, Kichkina, Jazoir va shu kabi koʻplab raqs turlari muallifi sifatida tanilgan.
Faoliyati
Abdugʻaffor Qodirov Andijon polkasi sahnalashtirgan sozanda va baletmesdir. U 1957-yil Navoiy nomli Andijon shahri bogʻida ochilgan Yosh tabiatshunoslar stanyasi deb nomlangan turli toʻgaraklar tashkil etgan. Koʻplab musiqa ixlosmandlari uning toʻgaragiga qatnashib yurgan. Viloyat va tumanlarda oʻtkaziladigon tadbirlarda Abdugʻaffor Qodirovning ishtirokisiz tasavvur qilib boʻlmagan. Toshkent viloyatida oʻtkaziladigon tadbir va tanlovlarda ansambllar tashkil etib oʻzi rahbar sifatida faoliyat olib borgan.
1970-yilda Gʻulomjon Roʻziboyev bilan hamkorlikda popurri sanʼatini yaratishgan. 1978-yil Bolgariyada boʻlib oʻtgan jahon folklyor sanʼatida Abdugʻaffor Qodirov ansamblga rahbarlik qiladi. 1973-yilda Rossiyada oʻtkazilgan folklor festivalida Andijon viloyati Shahrixon shahridagi „Chashma“ ansambli va „Andijon polkasi“ ansambillari bilan safarda boʻladi.
Qoʻshgan hissasi
Abdugʻaffor Qodirov:
Mukofotlari
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org