Abdugʻaffor Qirgʻizboyev
Abdugʻaffor Karimjonovich Qirgʻizboyev (1962-yil 10-avgust, Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik tarixchi olim, tarix fanlari doktori (2005), professor (2016).
Biografiyasi
Abdugʻaffor Qirgʻizboyev 1962-yil 10-avgust Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 1985-yili Toshkent davlat pedagogika institutini tarix fani o‘qituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1985—1986-yillarda Toshkent shahar 186-sonli maktabda tarix fani o‘qituvchisi, 1986—1988-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oybek nomidagi O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi ilmiy xodimi, 1989—1992-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti aspiranti, 1992—1992-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oybek nomidagi O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi ilmiy xodimi, 1992—1993-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti „O‘zbekiston xalqlari tarixi“ kafedrasi katta o‘qituvchisi, 1993-1996-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarbiyaviy ishlar bo‘yicha dekan oʻrinbosari hamda institutning kasaba uyushmasi raisi o‘rinbosari, 1996—2004-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti (1998-yildan universitet) maʼnaviy-maʼrifiy masalalari bo‘yicha prorektori, 2004—2005-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani, 2005—2009-yillarda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi maʼnaviy-axloqiy tarbiya va sport bo‘limi boshlig‘i, 2010—2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, 2015—2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining aʼzosi, 2018—2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining raisi, 2019—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 2021-yildan Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori.
Ilmiy faoliyati
Abdugʻaffor Qirgʻizboyev 2005-yilda „O‘zbekiston Respublikasining Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro hamkorligi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olgan, 2016-yilda professor ilmiy unvoni berilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org