Abduddor




Abduddor (arabcha: بنو عبد الدار — Bani Abd ad-Dor) — Quraysh qabilasining asosiy urug‘laridan biri.



Tarixi



Abduddor arabcha soʻz boʻlib, dorning quli — johiliyat davridagi arablar eʼtiqodida mashhur bo‘lgan Dor ismli butning quli degan maʼnoni anglatadi. Makka fathigacha Kaʼba xizmatlari, hojilarga suv tarqatish, bayroqdorlik hamda "Dor an-nadva"ni bosh­qarish huquqiga ega bo‘lgan urug‘ bo‘lib, Payg‘ambarning katta bobolari Qusayning katta o‘g‘li ismidan olingan. Manbalarda Abdumanof o‘g‘illarining bobolari merosini qaytarib olish harakatida Abduddorga qarshi chiqqanlari hamda ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan Kaʼba xizmatlari, bayroqdorlik va Makka rahbarligi Abduddorning vakolatida qolgani qayd etilgan.


Al-Abdiy, al-Ibodiy, al-Abdariy ka­bi nisbatlar bilan nomlangan Abduddor qabilasi Kaʼbaning taʼmir ishlarida qatnashib, baʼzi qabilalar bilan birgalikda Hijr qismidagi devorni quradilar. Zam-zam qudug‘i qazilmasidan oldin qabila uchun Ummu Ahrad nomi berilgan quduq qaziganlar. Habashistonga qilingan ilk hijratda Abduddor o‘g‘illaridan besh erkak va bir ayolning qatnashgani, musulmonlarga qarshi tuzilgan hujjat matni shu qabila vakili Mansur ibn Ikrima tomonidan yozilgani va Qur’ondan taʼlim berish uchun Madinaga yuborilgan Mus’ab ibn Umayr ham mazkur qabilaga mansubligi maʼlum.


Quraysh bayroqdori hisoblangan Abuddor o‘g‘illari Uhud janggida Abu Sufyon va uning rafiqasi Hindning qistovi bilan birin-ketin urush maydoniga chiqadi va ularning ko‘pchiligi o‘ldiriladi. Makka fathidan keyin Payg‘ambar Kaʼbaning kalitiga doimiy egalik qilish huquqini mazkur urug‘dan bo‘lgan Usmon ibn Talhaga topshirganlar.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz