Abdon al-Azdiy
Abdon al-Azdiy (arabcha: عبدان الأزدي — Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn Usmon ibn Jabala al-Azdiy) — hadis hofizi.
Hayoti
Asosan, Abdon al-Azdiy laqabi bilan tanilgan. Yoshligidanoq hadis ilmini o‘rgangan. Otasi Usmon ibn Jabala, Abu Hamza, Shu’ba, Molik ibn Anas, Abdulloh ibn Muborak, Jarir ibn Abdulhamid, Yazid ibn Zuray’, Ibrohim ibn Sa’d singari mashhur muhaddislardan hadis rivoyat qilgan. Abdulloh ibn Muborakning barcha kitoblarini o‘z xati bilan ko‘chirgan. Imom al-Buxoriy undan bir yuz o‘nta hadis rivoyat qilgan. Imom Muslim, Abu Dovud, at-Termiziy va an-Nasoiylar boshqa roviylar orqali undan ko‘pgina hadis rivoyat qilganlar. Ibn Hibbon uni siqa deb eʼtirof etgan. Ahmad ibn Hanbal Abdon al-Azdiyni „Xurosonda hadis olish maqsadida huzurigacha boriladigan yagona muhaddis“, deb maqtagan. Abdon al-Azdiy Juzjon qoziligiga saylangan va qisqa muddatdan so‘ng uzr so‘rab, lavozimidan bo‘shagan. Nihoyatda saxovatpesha bo‘lgan Abdon al-Azdiy hayoti mobaynida bir million dirham sadaqa qilgani rivoyat qilinadi.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org