Abdon al-Ahvoziy





Abdon al-Ahvoziy (arabcha: عبدان الأهوازي — Abu Muhammad Abdulloh ibn Ahmad ibn Muso al-Ahvoziy al-Javoliqiy) — hadis hofizi.




Hayoti



Asosan, Abdon laqabi bilan tanilgan Abdulloh ibn Ahmad manbalarda al-Javoliqiy (arabcha „qop to‘quvchi“ yoki „qop sotuvchi“) laqabi hamda al-Qoziy unvoni bilan zikr etilgan. Ahvoz hududi tevaragida harbiy qarorgoh tarzida qurilgan, hozirda faqat qoldiqlarigina qolgan Askar Mukramda yashagani uchun al-Ahvoziy, baʼzida esa, al-Askariy deb nisbatlangan.


Abdon al-Ahvoziy Hijoz, Shom, Misr va Iroq ilm markazlarini kezib, Abu Shayba, Usmon ibn Abu Shayba, Xalifa ibn Xayyot va Bundor singari zamonasining mashhur muhaddislaridan hadis o‘rgangan. O‘z navbatida, olimdan Ibn Qoni’, at-Tabaroniy, Abu Bakr al-Ismoiliy, Hamza al-Kinoniylar hadis rivoyat qilganlar. Abdon al-Ahvoziydan tahsil olgan Abu Ali an-Naysoburiy uning yuz mingta hadisni yoddan bilgani va ustozlari ichida u kabi ko‘p hadis yod olgan boshqa muhaddisni ko‘rmaganini aytgan. "Oliy isnod"ga erishish uchun harakat qilib Basraga tobeʼinlardan bo‘lgan Ayyub as-Saxtiyoniyning yoniga o‘n sakkiz marta borgan.


Abu Xotim al-Bustiy uning hadis rivoyati xususida hassos, o‘ta ehtiyotkor bo‘lganini aytgan.


Abdon al-Ahvoziyning hadis rivoyat qilishda baʼzida xato qilgani, chalkashgani zikr qilinadi. Biroq az-Zahabiy uni saduq, hadis hofizi, hujjat ekanini va juda kam yanglishganini taʼkidlagan. Abdon al-Ahvoziy (306/918-yil) taxminan to‘qson yoshda vafot etgan.



Asarlari



Shuningdek, uning turli asarlari borligi, shulardan uchta juzi o‘ziga oliy isnod bilan yetib kelganini xabar bergan. Al-Kattoniy esa, uning hadislarni jamlagan " Favāid" nomli asari borligini aytgan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz