Abdominal sil
Abdominal sil — sil mikobakteriyalari keltirib chiqaradigan hazm
qilish aʼzolari, qorinparda va qorinparda orqasi boʻshligʻi aʼzolarining
spetsifik shikastlanishidir. Keyingi yillarda abdominal sil bilan
ogʻrigan bemorlar koʻpaydi va oʻpkadan boshqa aʼzolar silning taxminan 15
foizini tashkil qilmoqda. Abdominal sil birlamchi infeksiya oʻchogʻidan sil
mikobakteriyalari limfogen, gematogen va kontakt yoʻli bilan tarqalganda
rivojlanadi.
Abdominal silning klinik kechishi turli-tuman boʻlib, oʻziga xos
patognomonik simptomlari yoʻq. Uning koʻp xususiyatlari boshqa
kasalliklarda ham uchraydi. Shuning uchun, koʻpchilik bemorlar har xil
diagnozlar bilan umumiy davolash muassasalarida tekshiriladi.
Asoratlangan abdominal sil umumiy jarrohlik statsionarlarida 25 %
jarroqlik muolajalari oʻtkazilganda aniqlanadi.
Kasallikning klinik manzarasi: tinka-mador qurishi, terlash,
subfebril isitma, uyqusizlik, bosh ogʻrishi, ozish kabi umumiy
simptomlardan iborat. Anamnezda, koʻpincha avval aʼzolarida sil kasalligi
boʻlganligi haqida maʼlumotlar uchraydi. +orin boʻshligʻidagi sil jarayoni
koʻproq ichaklarda, limfa tugunlarida va qorinpardada joylashadi.
+iziloʻngach, oshqozon, jigar, oʻt pufagi, taloq va oshqozon osti bezi sili
kamdan-kam uchraydi.
Sil mezadenitining klinik kechishi patognomonik simp-tomlarning
boʻlmasligi bilan farqlanadi. Sil mezadeniti oʻtkir va surunkali kechadi.
Oʻtkir kechgan sil mezadenitida qorinda (kindik atrofida, oʻng yonbosh, chap
qovurgʻa osti sohasi) kuchli ogʻriq boʻladi va bu „oʻtkir qorin“ koʻrinishini
eslatadi. +orin qappayadi, taranglashmaydi, qorinning old devori nafasda
qatnashadi. +orinni paypaslaganda notekis qattiq limfa tugunlari qoʻlga
unnaydi va Shternberg simptomi musbat boʻladi: ichaktutqich ildizi ingichka
ichakka yopishgan joyda qorinni paypaslanganda qattiq, asosan chapda 2 bel
umurtqasi sohasida, oʻngda — Mak-Burney nuqtasida qattiq ogʻriydi.
Surunkali sil mezadeniti goh susayib, goh zoʻrayib kechadi, yaʼni huruj
davrlari remissiya davrlari bilan almashinib turadi. Ichaktutqich
sohasidagi ogʻriq hammadan koʻp uchraydi. Xususiyatiga koʻra, simillab yoki
sanchib ogʻrishi mumkin. Bundan tashqari, kunning oxiriga borib, qorin
tobora qappayadi.
Sil peritoniti ikkilamchi boʻlib, koʻpincha ichak, mezente-rial limfa
tugunlari, jinsiy aʼzolar silining asorati sifatida rivojlanadi. Sil peritonitining doʻngchali, ekssudativ, ekssudativ-yopishqoq va kazeoz yarali
turlari farqlanadi. Doʻngchali sil peritoniti oʻtkir kechishi bilan
farqlanadi, tana haroratining koʻtarilishi, titrab-qaqshash va qorinning
ogʻrishi bilan boshlanadi. Til quruq boʻlib, oq karash bogʻlaydi. +orin
devorining old tomoni taranglashadi, nafasda ishtirok etmaydi.
+orinpardaning yalligʻlanish alomatlari aniqlanadi (Voskre-senskiy,
Shyotkin-Blyumberg, Sitkovskiy simptomlari). Koʻpchilik bemorlarda zudlik
bilan jarrohlik muolajasi oʻtkaziladi. +orinpardada doʻmboqcha toshmalar
topiladi. Ekssudativ sil perito-niti doʻngchali peritonitning oqibati
boʻlishi mumkin. Bu peritonit qorin boʻshligʻida ekssudat hosil boʻlishi
bilan ifodalanadi. Kasallik asta-sekin rivojlana boradi, qorinda noaniq
ogʻriq boʻladi, ich ketishi, isitma subfebril boʻlishi mumkin. +orin
kattalashadi. +orinpardaning yalligʻlanishi sezilmaydi, assitik suyuqlik
aniqlanadi. Peritonitning yopishqoq turi qorin boʻshligʻi sili jarayonining
asorati boʻlib, koʻplab chandiqlar hosil qiladi. Goh zoʻrayib, goh susayib
kechadi. Bemorlar umumiy holsizlik, qorin ogʻrishi, koʻngil aynishi, ich
ketishidan shikoyat qiladilar. Koʻpincha uchraydigan asorati ichak
tutilishidir. Ekssudativ-yopishqoq peritonit, chegaralangan ekssudatning
paydo boʻlishi bilan ifodalanadi va perkussiyada aniqlanadi. Bemorning
umumiy ahvoli uzoq vaqtgacha qoniqarli boʻladi. Kazeoz-yarali peritonit
pariyetal va visseral qorinpardada har xil kattalikdagi yaralar hamda
suzmasimon nekroz paydo boʻlishi bilan ifodalanadi. Bemorlar qornining
ogʻrishi, quvvatsizlik, koʻngil aynishi, ich ketishidan shikoyat qiladilar. Bu,
sil peritonitining eng ogʻir turidir. Koʻpincha asorat sifatida ichki va
tashqi aʼzolarda oqma yara paydo boʻladi. Bemorning umumiy ahvoli juda
ogʻir, isitmasi baland boʻladi. Ichak sili xuruj va remissiya davrlari bilan
kechadi. Tinmay ogʻriydi, oʻng biqin ogʻriydi. Koʻpincha ich ketadi va qorin
qappayadi. +orinni paypaslanganda yumshoq, oʻng biqinda ogʻriq boʻladi,
perkussiyada kepchish boʻladi. Yonbosh ichakning terminal qismi qattiqlashgan
boʻlib, xuddi arqondek paypaslanadi. Ichak silining ichak tutilishi,
yaraning teshilishi, qon oqishi va peritonit kabi asoratlari boʻlishi
mumkin.
Qiziloʻngach sili kam uchraydi, uning yarali, stenozli va miliar
turlari farqlanadi. Ezofagoskopiyada qiziloʻngachda yaralar, giperplastik
granulyatsiyalar yoki yaraning chandiqlanishi oqibatidagi stenoz aniqlanadi.
Oshqozon sili yarali, gipertrofiyali, fibroz-sklerozli yoki aralash
turlari bilan farqlanadi. Kasallikning ilk bosqich-larida epigastral joy
gʻijimlab ogʻriydi, bemor kekiradi, koʻngli aynidi, ishtahasi pasayadi.
Maʼlum vaqtdan keyin pilorostenoz rivojlanishi mumkin. Rentgenoskopiya
va bioptatni gistologik tekshirish bilan oʻtkaziladigan fibrogastroskopiya
yordamida diagnoz tasdiqlanadi. +iyosiy diagnostikasi asosan oshqozon
oʻsmasi bilan olib boriladi.
Jigar silida zararlanish uchta (miliar, diffuz, tuber-kulema) turda
uchraydi. Milliar turda jigarda silga xos granulyomalar paydo boʻladi.
Yirik kazeoz oʻchoqlar kapsula bilan oʻraladi va ohaklanadi, jigar
abssesslari shakllanishi mumkin. teri sargʻayishi, jigar kattalashishi,
splenomegaliya boʻlishi mumkin. Kasallikni aniqlash uchun bioptatni
gistologik tekshirish maqsadida laparoskopiya (laparotomiya) oʻtkaziladi. Oʻt
pufagi sili juda kam uchraydi.
Taloq sili kam belgi beradi. Bu kasallikda splenomegaliya, subfebril
harorat, assit, rentgenologik taloq sohasida ohak-lanish kuzatiladi.
Oshqozon osti bezi sili juda kam uchraydi. Kasallikka xos
simptomlar boʻlmaydi, surunkali pankreatit singari kechadi.
Diagnostikasi. Abdominal sil boshlangan davrda simptomlarning
ozligi sababli aniq diagnoz qoʻyish qiyin boʻladi. Kasallikning kech davrida
ham, klinik manzara har xil boʻlganidan aniq diagnoz qoʻyish qiyinchilik
tugʻdiradi.
Abdominal silda leykotsitar formulaning chapga siljishi,
eritrotsitlar choʻkish tezligining oshishi, gemoglobin miqdorining
kamayishi qayd qilinadi. Abdominal sil diagnostikasida tuberkulin
sinamalari katta ahamiyatga ega boʻladi. Bemorlarni rentgenologik
tekshirishda qorin boʻshligʻida kalsiylangan limfa tugunlari koʻrinishi
mumkin. Bundan tashqari, bevosita rentgen xususiyatlarini, yaʼni
visseroptoz, oshqozon va ichak motor faoliyatining buzilishi, chandiqlanishi
yoki kattalashgan limfa tugunlari sababli ichaktutqichining siljishi va
mustahkam-lanishini aniqlash mumkin. Keyingi yillarda abdominal sil
diagnostikasida endoskopik, ultratovush tekshiruvlar va diagnostik
laparoskopiya keng qoʻllanilyapti. Abdominal silning davolash tamoyillari,
sil kimyoterapiyasining umumiy tamoyil-laridan farq qilmaydi.
Patogenetik va simptomatik davolash tadbirlari — immunterapiya,
diyetoterapiya — yengil xazm boʻla-digan taomlar, vitaminlar, zarurat
tugʻilganda — spazmolitiklar qoʻllashdan iborat.
uz.wikipedia.org