Abdirahman Ahmad Ali Tuur





Abdirahman Ahmad Ali Tuur (arabcha: عبد الرحمن أحمد علي الطور, somalicha: Cabdiraxmaan Axmed Cali Tuur) – 1991—1993–yillar davomida Somalilandning birinchi prezidenti boʻlgan somalilik siyosatchi hisoblanadi. Tuur 1990—1991–yillar oraligʻida Somali Milliy Harakati raisi sifatida tanilgan.




Biografiyasi



Tuur 1931-yili 6-noyabrda Britaniyadagi Somaliland protektoratining bir qismi hisoblangan Burao shahrida tavallud topgan. U Garhajilarning Muse Arreh kichik urugʻidan boʻlgan.


U Britaniyadagi Somaliland protektoratining birinchi oraliq maktabini tamomlagan eng yaxshi talabalardan biri hisoblanadi. 1948-yili Sudanga mashhur Xantob nomli oʻrta maktabida taʼlim olish uchun stipendiya olgan. Keyin u Xantobda Jaafar Nimeiry, Sadiq Al-Mahdi va Hasan Al-Turabi kabi Sudanning boʻlajak rahbarlari bilan uchrashib, ular bilan doʻstlashadi. Abdirahman sportda ham (ayniqsa, futbol va yengil atletikada), oʻqishda ham oʻzini koʻrsata olgan. Biroz vaqt oʻtib, Exeter universitetida taʼlim olish uchun qoʻshimcha stipendiya oladi.


Abdirahman Buyuk Britaniyadagi universitetni muvaffaqiyatli tamomlagandan soʻng, oʻz yurtiga qaytib keladi. U oʻz faoliyatini 1956-yili Boramada maʼmuriy xodim sifatida ishlashdan boshlaydi. 3 yildan soʻng (1959) tuman komissari (DC) lavozimiga tayinlanadi. 1961-yili Sharqiy mintaqa (Burao) gubernatori, 1964-yili esa Gʻarbiy mintaqa (Xargeysa) gubernatori etib saylanadi. Oʻsha yilning oʻzida Tashqi ishlar vazirligiga ishga joylashib, u yerda quyidagi diplomatik lavozimlarga tayinlanadi:




Abdirahman Somalining sobiq prezidenti Siad Barre tomonidan oʻrnatilgan harbiy rejimni agʻdarishga harakat qilgan. Bunda, asosan, Isaaq urugʻidan boʻlgan partizan kuchlaridan iborat Somali Milliy Harakatining (SNM) raisi etib tayinlanadi. Somali Milliy Harakatining tashkil etilish jarayonida ittifoqchi konstitutsiyaga ega boʻlsa da, Somalining qolgan qismidan ajralib chiqishga urinadi. Keyin separatistik kun tartibi rejimini amalga oshira boshlaydi. Mahalliy maʼmuriyat Tuur boshchiligi bilan 1991-yili 18-mayda Somali shimoli-gʻarbiy hududlarini mustaqil deb eʼlon qiladi. Soʻng, u yangi tashkil etilgan Somalilandning birinchi prezidenti boʻlib, 1994-yili separatistik platformadan voz kechadi. Tuur bir vaqtning oʻzida hokimiyatning federal boshqaruv tizimi orqali Somalining qolgan qismi bilan kelishuvga erishishda ularni ommaviy izlash va himoya qilishni boshlaydi. Bu bilan u boʻlinib chiqishga qarshi boʻlgan Isaaq aʼzolarining manfaatlarini himoya qilgan. Shuningdek, u qoʻshimcha tarzda janubiy hududlarda UNOSOM tinchlik oʻrnatish boʻyicha missiyaga maʼlum darajada yordam beradi.



Oʻlimi



Tuur 2003-yil 8-noyabrda 72 yoshida vafot etib, Somalilandning Burao shahriga dafn qilinadi.



Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz