Abdimurod Bozorov





Abdimurod Bozorov (1953-yil, 2-avgust; Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani) — Oʻzbekiston qahramoni, „El-yurt hurmati“ ordeni sohibi.




Tarjimai holi



Abdimurod Bozorov 1953-yilning 2-avgust kuni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tugʻilgan. Qamashi tumanidagi „Abdi Bozor oʻgʻli“ fermer xoʻjaligining rahbari hisoblanadi. Mazkur fermer xoʻjaligi 2014-yilda tashkil etilgan.



Xashamatli imorat qurganim, dabdabali toʻy qilganim yoʻq, oʻgʻillarimga yengil mashina olganim rost. Tagʻin mahallada savdo doʻkoni qurdim. Har yili qishloqdagi maktabga va kamxarj oilalarga qoʻlimdan kelganicha yordam beraman. Kayfiyatim chogʻ boʻlganda ham, ruxan toliqqanimda ham dalani aylanaman, dala bilan tillashaman, sirlashaman. Gʻallazor va paxta paykallarini oralab quvvat olaman, gʻayratimga-gʻayrat qoʻshiladi. Yana bir gapni aytmasam bulmas. Qanday yutuqqa erishgan boʻlsam, barchasi yangangiz Roxilaoyning hissasi bilan boʻlmoqda. Roʻzgʻor muammolari, sakkiz nafar farzandlarning tashvishi, 30 nafar nabiralarning xarxashasini ayolim bartaraf qiladi. Bolalarimdan toʻrt nafari oliy ma’lumotli boʻlishdi.

— Abdimurod Bozorov, [2]

Mukofotlari




Manbalar




Adabiyotlar



Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216 bet. 11-avgust 2023-yilda qaraldi. 








uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz