Abdelaziz Jerad
Abdelaziz Jerad (arabcha: عبد العزيز جراد, 1954-yil 12-fevralda tugʻilgan) 2019-yil 28-dekabrdan 2021-yil 30-iyungacha Jazoir bosh vaziri sifatida faoliyat yuritgan jazoirlik siyosatchi va diplomat.
Hayotining boshlangʻich davri
Djerad 1954-yil 12-fevralda Xenchelada tugʻilgan. 1976-yil Jazoir xalqaro aloqalari va siyosiy fanlari institutida (Institute of Political Sciences and International Relations of Algiers) bakalavr diplomini yoqlaganidan soʻng, u Paris Nanterre Universitetiga (Paris Nanterre University) oʻzining doktorantura diplomini yoqlash uchun boradi. U shuningdek Algiers universitetida (University of Algiers) siyosiy fanlar professori sifatida ishlaydi va bir necha kitoblar chop etadi.
Siyosiy faoliyati
1990-yillar
1996-yildan 2000-yilgacha Abdelaziz Jerad Jazoir xalqaro hamkorlik agaentligining bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Jerad Ali Kafi, Liamine Zeroual va Abdelaziz Bouteflika kabi Jazoir rahbarlarining qoʻl ostida ishlagan. Ammo 2003-yil Bouteflika davrida u chetlatilgan va oʻshandan beri sobiq prezidentning ochiq tanqidchisiga aylangan.
Bosh vazirlik davri (2019 — 2021-yillar)
2019-yil 28-dekabrda Jerad Prezident Abdelmadjid Tebboune tomonidan Jazoir bosh vaziri etib tayinlanadi va unga shu zahoti hukumatni boshqatdan tuzish topshirigʻi yuklatiladi.
2019-yil 29-dekabrda u Brahim Bouzeboudjenni Vazirlar mahkamasi direktori va Mohamed Lamine Saoudi Mabroukni Bosh vazir devoni rahbari etib tayinlaydi.
Hukumat 2020-yil 2-yanvarda tayinlanadi.
2020-yil 13-yanvarda Prezident Tebboune Abdelaziz Jeraddan irqchilik, mintaqaviy jihatdan ajratish hamda nafratni ifodalovchi nutqlarning barcha shakllarini jinoyat deb hisoblovchi qonu tayyorlashni soʻradi. 2020-yil oktyabrda Prezident Tebbouneda Covid-19 kasalligi aniqlanadi va u Germaniyaga davolanish uchun uchib ketadi. Bu vaqtda Jerad uning vazifalarini bajarib turadi. 2020-yil 29-dekabrdan boshlab Prezident Tebboune oʻz vazifalarini davom ettiradi.
Jerad 2021-yil 24-iyunda 2021-yilgi Jazoir qonunchilik saylovidan soʻng isteʼfoga chiqdi. Soʻng uning oʻrnini 2020-yildan beri Moliya vaziri sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Aymen Benabderrahmane egallaydi.
Bosh vazirlik davridan soʻng (2021 — hozirgi kun)
2021-yil 5-sentyabrda Jerad Prezident Tebboune tomonidan Shvetsiyadagi elchi etib tayinlanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org