Abdel Rahman Swar al-Dahab





Abdel Rahmon Suvar al-Dahab (boshqacha Suvar al-Dahab yoki al-Dahab nomi bilan tanilgan; 1934—2018-yil 18-oktyabr) (arabcha: عبد الرحمن سوار الذهب) 1985-yil 6-apreldan 1986-yil 6-maygacha Sudan Prezidenti.


Sudan Mudofaa vazirligi uning toʻliq ismi Abdul Rahmon Muhammad Hassan Svar Al Thahab sifatida ham roʻyxatga olgan.



Hayoti



Swar-Eldahab 1934-yilda Sudanning Omdurman shahrida tugʻilgan. U Sudan Harbiy Akademiyasini tamomlagan, keyinroq Britaniya, AQSh, Misr va Iordaniyadagi harbiy ta’lim kurslarida qatnashgan. Oʻsha paytdagi prezident Gaafar Nimeiri 1984-yilda uni Bosh shtab boshligʻi, soʻngra Mudofaa vaziri va qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni etib tayinlaganida u taniqli shaxsga aylandi.


1985-yilda u prezident Gaafar Nimeiri ni hokimiyatdan agʻdarib tashlagan davlat toʻntarishini amalga oshirdi, natijada u oʻtish davri harbiy kengashining raisi boʻldi. Saylovlardan soʻng u hokimiyatni 1986-yilda davlat rahbari Ahmad al-Mirgʻoniy va bosh vazir Sodiq al-Mahdiy hukumatiga topshirdi.


1987-yilda Islomiy daʼvat tashkilotining raisi boʻldi.


2004-yilda Islomga qilgan xizmatlari uchun Qirol Faysal xalqaro mukofotini olgan. U 2018-yil 18-oktabrda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida sogʻligidagi muammolar sabablar tufayli vafot etdi.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz