Abde Ezzalzouli
Abdessamad Ezzalzuli (2001-yil 17-dekabrda tugʻilgan) -
Ez Abde nomi bilan ham tanilgan, marokashlik professional futbolchi, Ispaniyaning „Barselona B“ jamoasida vinger sifatida oʻynaydi. Marokashda tugʻilgan va Ispaniyada oʻsgan u Marokash terma jamoasini himoya qiladi. U professional faoliyatini "Hércules " jamoasida oʻynab boshlagan.
Yoshlik
Marokashda tugʻilgan Ezzalzuli yetti yoshida oilasi bilan Ispaniyaga koʻchib oʻtdi va oʻzining futboldagi faoliyatini Elche shahridagi Karrus mahallasida boshladi.
Klubdagi faoliyati
Ezzalzuli Elche CF va CD Cultural Carrús yoshlar akademiyalarining bir qismi boʻlgan. U oʻz shahrining asosiy klubi boʻlmish Elche CFda oʻzini sinab koʻrdi, ammo ularning akademiyasiga olishmadi.
Ezzalzuli Elchedagi mahalla klublarida oʻynashni davom ettirdi, " Hércules B " murabbiyi Antonio Moreno Dominguez unga shartnoma taklif qildi va Ezzalzuli keyinchalik qoʻshni Alikante shahridagi asosiy klubga qoʻshildi. U 2016-yilda Erkules oʻtdi va u erda 2019-yilda katta faoliyatini boshladi.
Barselona
Ezzalzuli 2021-yil 31-avgustda "Barselona B "ga o‘tdi U 2021-yil 30-oktabrda La Liga doirasida " Alaves „ bilan 1:1 hisobidagi durang o‘yinda “Barselona" bilan professional debyut qildi va 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Shu tariqa Ezzalzuli „Barsa“ning asosiy jamoasida maydonga tushgan ilk Marokashlik futbolchiga aylandi. U „Barselona“ safidagi ilk golini " Osasuna "ga qarshi o‘yinda (2:2) kiritdi.
Terma jamoadagi faoliyat
Ezzalzuli Marokashning U20 terma jamoasini bilan 2020-yilgi Arab Kubogi U-20 qatnashdi va besh oʻyinda ikkita gol urdi. 2021-yil 20-dekabrda Abde Vohid Halilxojichning 2021-yilgi Afrika Millatlar Kubogida Marokash milliy terma jamoasiga jalb etildi.
2022-yil 17-mart kuni Ezzalzuli 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi — CAF 3-raundida Kongo DR bilan oʻyinga terma jamoaga jalb etildi.
Manbalar
uz.wikipedia.org