Abd




Abd (Arab tilida: عبد) - keng ma’noda "qul" tushunchasi; shuningdek, majoziy
ma’noda aksariyat musulmonlar ismining tarkibiy qismi (mas., Abdurahmon, Abdurahim
va b.). Allohning quli, bandasi ma’nosini bildiradi. Qur’onda Alloh bilan inson o‘rtasidaga
munosabat xoja bilan qul o‘rtasidagi munosabatga o‘xshatilgan. Bunga binoan Alloh
insonlarga qanchalik g‘amxo‘r bo‘lsa, xojalar ham qullariga shunday g‘amxo‘r
bo‘lmoqliklari lozim. O’z ixtiyori bilan qulni ozod qilish solih amallardan sanalib, u yetim
yoki kambag‘alni ocharchilik paytida yedirib-ichirganida olgan savobidek savobga
erishadi. Xoja ichgan qasamini buzsa yoxud ataylab emas, bexosdan biror-bir
musulmonni o‘ldirsa, o‘ziga xos xun to‘lash shakli sifatida qul ozod qiladi. Ozod
qilinganlik yozma ravishda qayd etiladi. Muhammad (sav)ning yigirmatacha (ismlari
ma’lum) qullari bo‘lib, u zot ularni turli vaqtlarda ozod etganlar; payg‘ambar (sav)ning
ikki ayollari qul-cho‘rilardan bo‘lishgan, ozod ayollaridan farqli suratda ularga mahr
berilmagan. Musulmon huquqi barcha musulmonlarni erkin, ozod deb bilib, ularni
musulmon davlatlarida qul qilinishi, jumladan qarzi evaziga qulga aylantirilishi mumkin
emas deb hisoblaydi. Shunga binoan topib olingan go‘dak, hanafiylik ta’limotiga ko‘ra,
musulmonlar yashaydigan yurtdan topilgan bo‘lsa, musulmon va erkin hisoblanadi.
Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi 3
Kimda-kim dalillarsiz uni qul deb da’vo qilsa, u qabul qilinmaydi. Biroq qulning islom
diniga kirishi, uning o‘z-o‘zidan erkin, ozod bo‘lganini bildirmaydi. Qonun
merosxo‘rlarning manfaatidan kelib chiqqan holda, vasiyatnomada qullarni, 1/3
qismidan ortig‘ini ozod etilishiga ruhsat etmagan. Cho‘ri bilan turmush qurish - unga
egalik qilishning shakllaridan biri. Agar tug‘ilgan farzand xojadan bo‘lsa (xoja uni o‘ziniki
deb tan olsa) cho‘ri umm valad ("go‘dak onasi")ga aylanadi va ayrim imtiyozlarga ega
bo‘ladi. Agar xojaning ozod xotini bo‘lmasa u cho‘riga uylanishi mumkin bo‘lgan, cho‘ri
esa, ozod ayolga nisbatan yarim huquqqa ega bo‘la olgan. Uning farzandlari erkin
hisoblangan, ya’ni bolalar otaga merosxo‘r bo‘lganlar. Shuning uchun cho‘ridan
tarqalganlik shaxsning sha’niga dog‘ tushirmagan. Ko‘pchilik xalifalar (mas., Horun arRashid) cho‘rilarning farzandlari bo‘lishgan. Qullar xojalarining roziligi bilan oila qurish
huquqiga ega bo‘lganlar, bu hatto Qur’onda ham tavsiya etilgan. Ajralish uchun xojaning
roziligini olish shart emas, hatto xoja o‘z qullarining nikohini bekor qilishga haqqi
bo‘lmagan. Diniy jihatdan musulmon-qul erkin musulmonlar bilan teng deb bilingan,
biroq juma namozida bo‘lish hamda zakot to‘lash va sadaqa berish uning uchun
majburiy hisoblanmagan. Bordi-yu, namoz paytida erkin musulmon bo‘lmasa, qul
imomlikka xam o‘tishi mumkin bo‘lgan, lekin mustaqillikni talab etuvchi bironta ham
diniy mansablarni (qozi, muhtasib, maosh oluvchi imom) unga topshirish mumkin
bo‘lmagan. Islom davlatlarida qulchilik 20-a. o‘rtalarigacha saqlanib kelgan. Jazoirda -
1848 y., O’rta Osiyoda 1865-73 yillarda rasman, amalda esa 20-a. 1-choragida,
Afg‘oniston, Eron, Iroqda- 1923-29 yillarda, Saudiya Arabistonida - 20-a.ning 70-y.larida
bekor qilingan.








uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz