Abby Phillip




Abigel Daniella Fillip — amerikalik jurnalist, siyosiy muxbir va CNN kanalida hafta oxirida efirga uzariladigan koʻrsatuvlarda boshlovchi boʻlib ishlaydi.U ilgari Washington Post, ABC News va Politico gazetalarida ishlagan.



Bolalik va taʼlim



Abigel Filipp 1988 yil 25-noyabrda Virjiniyada asli afro-Trinidadlik boʻlgan Jyun va Karlos Filliplar oilasida tugʻilgan. Otasi Jyun Fillip rieltor, onasi Karlos Fillip esa oʻqituvchi va pedogogik psixolog boʻlib ishlagan. Uning beshta ukasi bor.


U bolaligida oila qisqa muddatga Trinidad va Tobagoga koʻchib oʻtdi va toʻqqiz yoshida AQShga qaytib keldi. Abby Filipp Merilend shtatining Bowi shahrida katta boʻlgan va Bowie yuqori maktabida oʻqigan . Dastlab tibbiyot sohasida oʻqishni xohlaganiga qaramasdan,2010-yilda u Garvard universitetini davlat boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni tugatdi, Garvardda Abby Fillip The Garvard Crimson talabalar gazetasida maqolalar yozar edi.



Karyera



Abby Filipp 2017-yilda CNN telekanaliga keldi va Tramp maʼmuriyatini yorita boshladi. CNNdan oldin u The Washington Post gazetasida ishlagan, u yerda asosan milliy siyosiy hisobotlar va umumiy topshiriqlar bilan shugʻillanar edi. U shuningdek, ABC News telekanalida ishlagan, u yerda Nyu-York shahridagi ABC News xodimi va raqamli muxbir boʻlgan va bir necha marta C-SPAN dasturida mehmon sifatida qatnashgan.. Fillip oʻzining jurnalistik faoliyatini Oq uy muxbiri va Politico nashri uchun blogger sifatida boshlagan va saylov kampaniyasini moliyalashtirish va lobbichilik masalalarini yoritgan. U vaqti-vaqti bilan PBS telekanalidagi "Washington Week" dasturida Robert Kosta bilan boshlovchilik qiladi .


Abby Filipp 2020-yil 14-yanvarda Dreyk universitetida Demokratik partiya prezidentlik praymerizlarining yettinchi demokratik debatiga moderatorlik qildi. U baʼzi odamlar tomonidan munozarani boshqarishda Berni Sandersga nisbatan adolatsiz munosabatda boʻlganligi uchun tanqid qilindi.


2020 yilda u muhtaram Jessi Jeksonning 1988 yilgi Demokratik prezidentlikka nomzod boʻlish uchun kurashi haqida yozayotganThe Dream Deferred kitobi uchun Flatiron Books bilan shartnoma tuzdi. Shartnomaga koʻra kitob 2022-yilda ommaga taqdim etilishi rejalashtirilgan.


2021-yil 11-yanvarda Abby Fillip Inside Politics siyosiy tok-shouning yakshanba kuni ertalabki versiyasida Jon King o‘rniga 24-yanvaridan boshlab yangi boshlovchi sifatida ishtirok etishi eʼlon qilindi. (Jon King hafta kunlarida tok-shouni olib borishda davom etdi.) Dam olish kunlarida esa koʻrsatuv "Inside Politics Sunday With Abby Phillip " (Yaʼni Siyosat ichkarisi, Abby Fillip bilan) deb oʻzgartirildi.



Shaxsiy hayot



Abby Filipp Vashingtonda eri Markus Richardson bilan yashaydi. Filipp va Richardson 2018-yilning may oyida Lars Anderson uyida turmush qurishdi Er-xotin 2021 yilda birinchi farzandlarini kutayotganliklarini eʼlon qilishdi Abby Fillip Delta Sigma Theta ayollar jamiyatining faxriy aʼzosi. 



Manbalar:




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz