Abbreviatura



Abbreviatura (ital. abbreviature — qisqartma <lot. abbrevio— qisqartiraman) — 1) lingvistikada: so‘z birikmalarini qisqartirib hosil qilingan so‘zlar: a) birikma tarkibidagi so‘zlar birinchi harflari alifbo tartibida o‘qiladi yoki oddiy so‘z — harflar anglatgan tovushlar kabi talaffuz etiladi. Mas, BMT (be-me-te) — Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi); b) murakkab qisqartma so‘zlar: so‘z birikmalari tarkibidagi so‘zlar birinchi harflaridan tashqari, ular ma’lum qismlari (morfemalari) olinib yasaladi. Mac, O‘zR (O‘zbekiston Respublikasi), yurfak (yuridik fakultet);

2) musiqada: nota yozuvida qisqartirish va soddalashtirish belgisi. Kuy qismlarining takrorlanishida, juda baland yoki past tovushlarni bir oktava baland yoki past qilib shartli notalashtirishda, nota chiziqlaridan so‘ng qo‘shimcha chiziqlarni kamaytirishda qo‘llaniladigan belgilar. A. partiturada kuyga qochirim berishni ham ifodalaydi. A. yordamida asarning nisbatan mustaqil, tugal qismi yoki qo‘shiq bandi takrori, ayrim takt yoki kuy tuzilmalari takrori beriladi. A. ko‘p qo‘shimcha chiziqlardan xalos qilib, nota o‘qilishini osonlashtiradi. Musiqa bezaklarini ifodalashda keng qo‘llaniladi

Manba



O'zME
lingvistikada: so‘z birikmalarini qisqartirib hosil qilingan so‘zlar. musiqada: nota yozuvida qisqartirish va soddalashtirish belgisi


Sun'iy intellekt javobi:

Abbreviatura — so‘zlar, iboralar yoki matn qismlarini qisqartirish usuli hisoblanadi. U matnda joy va vaqtni tejash maqsadida ishlatiladi. Abbreviaturalar harflar, raqamlar yoki boshqa belgilar yordamida tashkil etiladi. O‘zbek tilida abbreviaturalar ko‘plab sohalarda keng qo‘llaniladi, masalan, ilm-fan, siyosat, texnika, tibbiyot va boshqalar.

Masalan:

  1. Dr. — doktor
  2. Mr. — janob
  3. vaq. — vaqt
  4. mm. — millimetr

Abbreviaturalar ikki turga bo‘linadi:

Abbreviaturani yozishda ba'zida nuqta qo‘yiladi, ba’zida esa qo‘yilmaydi, bu qoidalar esa til qoidalariga va kontekstsga bog‘liq. Masalan, rasmiy hujjatlarda nuqta qo‘yish odati bor, lekin texnik hujjatlar va jadvalarda ko‘pincha nuqtalarsiz ishlatiladi.

Abbreviaturalarni o‘rganish va to‘g‘ri ishlatish yozma muloqotda aniq va ixcham ifoda berishda yordam beradi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz