Abbosov Shuhrat
Abbosov Shuhrat Solihovich (1931. 16.1, Qo‘qon) — o‘zbek rejissyori. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1965). O‘zbekiston xalq artisti (1974). Toshkent davlat san’at in-tini tugatgan (1954), shu in-tda prof. (1983 y.dan), kafedra mudiri (1991 y. dan). M. Uyg‘ur nomidagi viloyat musiqali drama teatrida (Yangiyo‘l sh.) bosh rej. (1954-56). «Yurak sirlari» (B. Rahmonov), «Nurxon» (K. Yashin),
«Og‘riq tishlar» (A. Qahhor) kabi pesalarni sahnalashtirgan. 1958—91 ylar «O‘zbekfilm»da rej. (1982—86 y.larda direktor). 1996 y. dan O‘zbekiston kino arboblari birlashmasining rais muovini. «Mahallada duv-duv gap» kinokomediyasi (1960) ilk yutug‘i bo‘ldi. 2-jahon urushi yillari ota-onasiz qolgan turli millatga mansub 14 bolani tarbiyalagan toshkentlik Shomahmudov oilasining jasorati haqidagi «Sen yetim emassan» (1963; Xalqaro kinofestival mukofoti, Frankfurt-Mayn, 1963), odob-axloq haqidagi «Qalbingda quyosh» (1965) filmlari rej. ijodida alohida o‘rin tutadi. «Toshkent — non shahri» (1967; kinofestival sovrindori, Olmaota, 1973), «Sevgi mojarosi» (1971; 5-kinofestival sovrindori, Tbilisi, 1972) filmlari b-n eng yaxshi kinorej. sifatida taniddi. Tarixiy-biografik mavzuda
«Abu Rayhon Beruniy» (2 qismli, 1974, 8-kinofestivalning bosh mukofoti, Kishinyov, 1975, Xalqaro kinofestivalning «Oltin Delfin» sovrindori, Tehron, 1977), «Olovli yo‘llar» (Hamza hayotiga bag‘ishlangan 17 qismli telefilm, 1975—84), urush yillari front ortidagi qiyinchiliklar haqida hikoya qiluvchi «Katta urushdagi kichik odam» (1989) filmlari ham mashhur. Mustaqillik A. ijodida burilish yasadi. 14 qismli «Kamolot cho‘qqisi sari» hujjatli (1995) va 2 qismli «Otamdan qolgan dalalar» badiiy (ssenariysini M. To‘ychiev b-n hamkorlikda yozgan, 1998) filmlarni yaratdi. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). «El-yurt hurmati» ordeni (1998) va «Shuhrat» medali (1994) b-n taqdirlangan.
Manba
o‘zbek rejissyori. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi. O‘zbekiston xalq artisti