Abbosov Abdulixat Umarovich





Abbosov Abdulixat Umarovich (30-sentyabr 1929-yil 11-avgust — 1996-yil) – Sovet harbiy suv osti kemasi va harbiy qoʻmondoni. Sovet Ittifoqi Qahramoni (16-dekabr 1981-yil), kontr-admiral (22-fevral 1983-yil).




Biografiyasi



Abbosov Abdulixat Umarovich 1929-yil 30-sentyabrda Nijniy Novgorod viloyatining Pilninskiy tumanida tugʻilgan. 1930-yilda uning oilasi Moskvaga koʻchib oʻtgan. 1942-1945-yillarda kasb-hunar bilm yurtining ishab chiqarish korxonasida duradgor boʻlib ishlagan. 1946-yil maktabning 7-sinfini tugatib, 1947-yilda Leningradda joylashgan yosh radiometrlar maktabida oʻqigan. 1950-yilda Lelingrad dengiz flotini tayyorlov maktabini tamomlagan.



Faoliyati



1959-yilda harbiy dengiz floting oliy maxsus ofitserlik toifalarini tamomlab, shimoliy flotda suv osti kemalari kamandirlarining yordamchisi sifatida ish boshlagan. 1962-yilning dekabr oyida qurilgan K-123 yadroviy suv osti kemasining qoʻmondoni boʻlgan. SSSR Oliy Sovet Prezidiumining 1981-yil 16-dekabrdagi farmoni bilan Abbosov Abdulixat Umarovich yangi xarbiy texnikalarni sinovdan oʻtkazish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. 1979-yil
sentyabr oyida "Harbiy-dengiz kuchlarini tayyorlash markazida oʻquv ishlar boʻyicha boshliq oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 1983-yilning oktyabr oyiga kelib Abbosov Abdulixat shu markazni boshligi‘ lavozimiga tayinlandi.
1983-1988-yillarda harbiy dengiz kuchlarining jangovor tayyorgarlik boshqarmasing boʻlim boshligʻi lavozimida ham faoliyat yuritgan. Abbosov Abdulixat Umarovich 1996-yil 11- avgustda vafot etgan va Moskvadagi Danilovskiy musulmonlar qabristoniga dafn etilgan.



Harbiy unvonlari




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz