Abbosiy
Abbosiy — kumush pulning bir misqolligi. 17a.da kumush pullarning og‘irligi bo‘yicha bir misqolga teng bo‘lganini A., yarim misqolga teng bo‘lganini esa shohiy deb ataganlar. Balx b-n Movarounnaxrda asosan yarim misqollik kumush tangalar muomalada yurgan (q. Misqol). Bir misqollik kumush tanganing A. deb atalishi safaviylar sulolasidan Abbos I nomi b-n bog‘liq bo‘lsa kerak.
Manba
O'zME
kumush pulning bir misqolligi