Abbosbek Fayzullaev





Abbosbek Fayzullaev (2003-yil 3-oktabrda tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, SSKA Moskva klubi va Oʻzbekiston U23 futbol terma jamoasi yarimhimoyachisi.




Futbolchilik faoliyati



Ilk yillari



Abbosbek Fayzullaev 2003-yil 3-oktabrda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. Shuningdek Abbosbek Fayzullaev – Paxtakor futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2021-yilgacha Abbosbek Fayzullaev Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan. Abbosbek Fayzullaev transfermarktdagi narxi 300 ming yevroni tashkil etadi (2022-yilgi maʼlumot).



Paxtakor safida



Abbosbek Fayzullaev 2021-yilgacha Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qildi. Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida 21 ta oʻyin oʻtqazadi va 8ta gol kiritdi. 2021-yil muvaffaqiyatli oʻyinidan soʻng Paxtakor murabbiylar shtabi tomonidan asosiy jamoaga jalb etildi. Abbosbek Fayzullaev Paxtakor safida birinchi mavsumida Oʻzbekiston superligasida 6 ta, Oʻzbekiston kubogida 1 ta va Osiyo chempionlar ligasida 2 ta oʻyin oʻtqazadi va umumiy hisobda 280 daqiqa maydonda harakat qildi.



2022-yilgi mavsum
Abbosbek Fayzullaev 2022-yilgi mavsumda Paxtakor safida Oʻzbekiston superligasida 12 ta, Oʻzbekiston kubogida 2 ta va Osiyo chempionlar ligasida 3 ta oʻyin oʻtqazadi va 1 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda 645 daqiqa maydonda harakat qildi.



SSKA Moskva



Abbosbek Fayzullayev 2023-yil 27-iyulda SSKA Moskva jamoasi bilan 3+1 shaklida shartnoma imzoladi. 19 yoshli Fayzullayev 500 ming yevroga transfer qilindi.



Terma jamoadagi faoliyati



Abbosbek Fayzullaev 2021-yil 30-oktabrda Bangladesh U-23 jamoasiga qarchi oʻrtoqlik oyiniga Temur Kapadze tomonidan jalb etildi va shu tariqa terma jamoadagi debyutini oʻtqazdi.


2022-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan AFC U-23 Osiyo chempionati uchun Oʻzbekiston U23 yakuniy 23 ta futbolchidan iborat qaydnomasiga kiritildi. 2023-yilgi OFK U-20 Osiyo Kubogi uchun 20 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasiga chaqirildi va musobaqada eng yaxshi futbolchi boʻldi. Finalda Iroqqa qarshi oʻyinda u penaltidan gʻalaba qozonib, jamoasining 1:0 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi, chunki jamoadoshi Umarali Rahmonaliyev penaltini golga aylantirib, Oʻzbekistonga 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi tarixidagi ilk chempionlikni taqdim etdi.  Oʻz harakatlari bilan u turnirning eng futbolchisi oʻyinchisi deb topildi. 2023-yilning 6-iyun kuni Fayzullaev Oʻzbekiston terma jamoasi safida futbol boʻyicha Markaziy Osiyo chempionatida Ummonga qarshi oʻyinning 73-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgandi. Uch kundan soʻng u Tojikistonga qarshi guruh oʻyinida zaxiradan maydongga tushib, oʻzining birinchi xalqaro golini urdi, bu oʻyinda 5:1 hisobida gʻalaba qozondi. Turnir finalida Eronga qarshi oʻyinda magʻlub boʻldi.



Faoliyatidagi statistikasi



Klub safidagi statistikasi




Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida statistikasi




Yutuqlari



Paxtakor





Oʻzbekiston




Individual




Manbalar




Havolalar











uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz