Abbos Mirzo





Abbos mirzo (1789-1833) — Eron davlat va harbiy arbobi. Alishoh Qojarning oʻgʻli, uning Ozarbayjondagi noibi. Davlatni idora qilish ishlarida, xususan Eron tashqi siyosatini yurgizishda yetakchi rol oʻynagan. Rossiya-Eron urushlari (1804-1813 va 1826-1828) hamda Eron-Turkiya urushi davri (1821-1823)da Eron qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan. Ingliz va fransuz harbiy mutaxassislari yordamida Eron qoʻshinlarini (xususan Ozarbayjonda) Yevropacha tartibda qayta tuzishga harakat qilgan. Turkmanchoy tinchlik shartnomasini imzolagan (1828).



Adabiyotlar















uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz