Abbos ibn Mirdos





Al-Abbos ibn Mirdos (arabcha: العباس بن مرداس — Abu-l-Haysam (Abu-l-Fazl) Abbos ibn Mirdos ibn Abu Omir ibn Horisa ibn Abd Qays ibn Rifoʻa ibn al-Horis ibn Bahsa ibn Salim ibn Mansur as Sulamiy)  — shoir, sahoba.



Hayoti



Abbos ibn Mirdos Sulaym qabilasidan bo‘lib, qahramonliklar haqidagi sheʼrlari bilan mashhur bo‘lgan. Onasi al-Xunaso shoira bo‘lgan. Otasi Mirdos­ning butparast bo‘lgani hamda jinlar tomonidan o‘ldirilgani ri­voyat qilinadi. Makka fathidan bir muddat avval,  bir rivoyatga ko‘ra, 8/629 yilda qabiladosh­laridan bir guruhi bilan birga Payg‘ambarning huzurlariga borib musulmon bo‘lgan. Qabilasidan to‘plangan yetti yuz kishilik jangchi bo‘linmasiga bosh­liq bo‘lib, oldin Makka fathida, ke­yin Hunayn jangi va Toif qamalida ham qatnash­gan. Umar davrida Basraga ko‘chib borib, o‘sha yerda joylashgani maʼlum. Ayrim manbalarda uning Shomga ham borgani aytilgan. Abbos ibn Mirdosning Hunayn jangida qo‘lga kiritilgan o‘ljalar taqsimotida muallafati qulub bo‘lganlarga undan ko‘ra ko‘proq hissa berilganidan norozi boʻlib, bu haqida sheʼr aytadi. Shunda Payg‘ambar unga ham yuzta tuya berilib, rozi qilinishini amr qiladilar.


Abbos ibn Mirdos Payg‘ambardan to‘rtta hadis rivoyat qilgan. Xalifa Umar davrida vafot etgan.


O‘zi qatnashgan Hunayn va boshqa jang­lardagi qahramonliklar haqida yozgan sheʼr­larining ayrimlari bizgacha yetib kelgan. "Al-Ag‘ānӣ" hamda Ibn Hishomning „As-Sӣra“si kabi tarixiy manbalarda ulardan ko‘pgina namunalar bor. Jamil Bek al-Azm tomonidan jamlanib, Abbos ibn Mirdosning ayrim sheʼrlarini o‘z ichiga olgan nusxa az-Zohiriyya kutubxonasida saqlanadi. Yahyo al-Jabburiy uning sheʼrlaridan yetmish yettitasini jamlab, 1968-yilda „Dӣvān al-Abbos bin Mirdās as-Sulamӣ“ nomi ostida Bag‘dodda nashr ettirgan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz