Abbos I



Abbos I (1571-1629) Eron shohi (1587—1629), sarkarda. Safaviylardan. A. I o‘z hukmronligining dastlabki yillaridayoq mamlakatdagi ichki tarqoqlikka barham berib, markazlashgan davlat tuzishga kirishgan; muntazam qo‘shin tuzib, Ozarbayjon va Xuroson (1598), Bahrayn o.lari (1602), Qandahor (1621), Ho‘rmuz o. (1622) va Irok, (1623) ni egallagan. A.I davrida poytaxt Qazvindan Isfahonga ko‘chirilgan (1598), yangi shaharlar, yo‘llar, ko‘priklar, karvon saroylar, qasrlar qurilgan, ko‘plab ariqlar qazilgan. A.I Buxoro xonligi, Rossiya, Angliya, Avstriya, Ispaniya, Gollandiya va b. davlatlar b-n elchilik munosabatlarini o‘rnatgan. A.I davrida Eron kuchli markazlashgan davlatga aylangan. Eronda uni «buyuk» deb e’zozlashadi.

Manba



O'zME
Eron shohi (1587—1629), sarkarda


TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz