Abbey de la Pyer-ki-Vir




Abbey de la Pyer-ki-Vir (fransuzcha: Abbaye de la Pierre-qui-Vire) — sigir sutidan tayyorlangan fransuz yarim yumshoq pishlogʻi.


Taʼmiga koʻra, epuas degan boshqa bir yumshoq pishloqga oʻxshaydi.




Tarixi



Pishloq Pyer-ki-Vir abbarligida ishlab chiqariladi. Monastir 1850-yillardan beri mavjud, ammo abbatlikning yumshoq pishloqlari 1920-yillarda mashhurlikka erishdi.



Tayyorlanishi



Pishloq yil davomida abbatlik podasidagi 40 ta sigirning xom sutidan tayyorlanadi, pishloqni tayyorlashda 85 rohibdan 12 tasi ishtirok etadi. Sut ikki hafta davomida ivitiladi, shundan soʻng u ikki oy davomida quritiladi. Pishloqning pishishi davrida sirtiga namakob bilan yuviladi.


Oziq-ovqat sifatida yangi pishloq ishlatiladi.



Tavsifi



Pishloq boshlari diametri 10 santimetr, balandligi 2,5-4 santimetr va vazni 200-350 gramm boʻlgan yalpoq disk shakliga ega. Pishloq boshi qizil-gʻisht rangli tabiiy yupqa qavariq qobiq bilan qoplangan. Uning ostida zich elastik eti bor.


Bu pishloqning „qishloqcha“ deyiladigan nordonroq, yorqin shoʻrtak taʼmi va hidi bor. U mustaqil taom sifatida ham, grilda tayyorlangan boshqa ovqatlarning bir qismi sifatida ham tanovul qilinadi. Qizil Burgund vinolari bilan yaxshi ketadi.



Manbalar




Adabiyotlar









uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz