ABB





ABB (Asea Brown Boveri) — 1988-yilda Shvetsiyaning ASEA va Shveysariyaning Brown, Boveri & Cie kompaniyalarining birlashishi natijasida yaratilgan elektrotexnika va energetikaga ixtisoslashgan shved-shveysar transmilliy kompaniyasi. Bosh qarorgohi Westeros va Tsyurixda, ishlab chiqarish korxonalari esa Germaniya, Shveysariya, Shvetsiya, Italiya, Fransiya, Rossiya, Chexiya, Hindiston, Xitoy, AQSh, Portugaliya, Braziliya, Finlandiya, Estoniya va boshqa bir qator mamlakatlarda joylashgan.




Tarixi



Faoliyatining birinchi yilidayoq korporatsiya 40 ta kompaniyani, jumladan, Westinghouse Electric korporatsiyaning energiya uzatish va tarqatish biznesini sotib oldi. Noorganik oʻsish strategiyasi 1990-yillargacha davom etdi, eng yirik xarid — Gollandiyadagi sanoatni avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqaruvchisi — Elsag Bailey Process Automation boʻldi(1998).


1999-yilda ABB yadroviy biznesni sotdi.2001-yildan beri kompaniya aksiyalari bilan Nyu-York fond birjasida savdo qilinadi.2011-yilda axborot markazlari uchun uzluksiz quvvat manbalari ishlab chiqaruvchi „Newave“; 2013-yilda — quyosh fotovoltaiklari uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi — „Power-One“ sotib olindi.2017-yilda GE Industrial Solutions boʻlimi (GE Power) General Electric kompaniyasidan sotib olindi.2018-yilda elektr tarmoqlari biznesini avtomatlashtirish boʻlimi Hitachi kompaniyasiga sotildi.


2020-yil holatiga koʻra, asosiy boʻlinmalar:




Boshqaruvchilar




2020-yil fevral oyidan beri bosh direktor — Björn Rosengren, sobiq direktorlar:


2019-yil aprel — 2020-yil fevral: Piter Foser
2013-yil sentabr — 2019-yil aprel: Ulrich Spieshofer
2008-yil sentabr — 2013-yil sentabr: Jozef Xogan
2008-yil fevral — 2008-yil sentabr: Mishel Desmarets — vaqtincha
2005-yil yanvar — 2008-yil fevral: Fred Kindle
2002-yil sentabr — 2004-yil dekabr: Yurgen Dorman
2001-yil yanvar — 2002-yil sentabr: Jorgen Centerman
1997-yil yanvar — 2000-yil dekabr: Goran Lindal
1987-1996: Persi Barnevik


Direktorlar kengashi raisi — Hubertus fon Grünberg; direktorlar kengashining sobiq raislari:




Manbalar




Adabiyotlar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz