Abazalar



Abazalar , abazinlar — Rossiya Federatsiyasining Qorachoy-Cherkas va Adigey muxtor viloyatlari hamda Stavropol o‘lkasida yashaydigan xalq. A. 33 ming kishi (1992). Turkiyaning markaziy hududlarida 10 mingga yaqin A. yashaydi. Umumiy soni 44 ming kishi (1992). A.ning ilk ajdodlari Qora dengiz bo‘ylarida, taxm. Tuapse b-n Bzib daryosi oraligida joylashgan edi. Kavkaz tillari guruhiga mansub abaza tilida gaplashadi. Hoz. hududda 14- a.dan yashaydi. 19-a.ning 30-y.lari boshlarida Rossiya tomonidan bo‘ysundirilgan. A. adigey xalqi b-n qadimdan qo‘shni yashaganliklari tufayli, madaniyat va turmushlari ularga o‘xshab ketadi. A. islom dinining sunniy mazhabida. 20-a. boshlarida A. katta qabilaviy (tapanta va shkaraua) guruhlarga bo‘linib yashar edilar. Ko‘pchiligi dehqonchilik (bug‘doy, javdar, tariq), bog‘dorchilik va chorvachilik b-n shug‘ullanadi.

Manba



O'zME
abazinlar — Rossiya Federatsiyasining Qorachoy-Cherkas va Adigey muxtor viloyatlari hamda Stavropol o‘lkasida yashaydigan xalq



Uzpedia.uz