Abat Fayzullayev
Abat Fayzullayev — oʻzbek diplomati. 2020-yildan Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchisi.
Biografiya
1982-yil 30-dekabrda Nukus shahrida tug‘ilgan.
Taʼlim
2005-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro munosabatlar fakulteti bakalavr bosqichini, 2007-yilda shu fakultet magistraturasini tugatgan. 2009-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya fakulteti bakalavriatini sirtqi boʻlimini tugatgan.
Mehnat faoliyati
2007—2011 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi siyosat tahlili va strategiyasi bosh boshqarmasida referent, attashe, uchinchi kotib, ikkinchi kotib,
2011—2013 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi siyosat tahlili va strategiyasi bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.
2013—2017 — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasining siyosiy tahlil bo‘limi attashesi.
2017—2018 — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi siyosiy tahlil bo‘limining birinchi kotibi.
2018—2019 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Amerika departamenti birinchi kotibi.
2019—2020 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi boshlig‘i.
2020—2023-yillarda Oʻzbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi, Xalqaro atom energiyasi agentligidagi doimiy vakili etib tayinlanadi.
2022-yildan 2023-yilgacha O‘zbekistonning Vengriyadagi favqulodda va muxtor elchisi.
2023-yil 26-oktyabr kuni Oʻzbekistonning Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.
Manbalar
uz.wikipedia.org