Abat Aymbetov





Abat Kayratuly Aymbetov (talaffuzi: Abat Qayratuli Aymbetov) (1995-yil 7-avgustda tugʻilgan) — qozogʻistonlik futbolchi, „Astana“ va Qozogʻiston terma jamoasida oʻynaydi.




Faoliyati



Klub



Aymbetov 2012-yilning 26-sentyabrida „Akjayik“ jamoasiga qarshi oʻyinda „Aktobe“ safida Qozogʻiston Premyer-ligasida debyut qilgan. 2020-yilning 27-yanvarida "Qayrat" klubi Aymbetov bilan bir yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan va buni Aymbetov ham tasdiqlagan. 2021-yil 21-fevralda Kriliya Sovetov jamaosi Aymbetov bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. Aymbetovning oldingi jamoasi boʻlmish "Qayrat" klubi futbolchinig Rossiya jamoasiga oʻtishni oʻzi istaganini taʼkidlagan. Ammo Aymbetovning Rossiya Premyer Ligasidagi oʻyinlari koʻngildagidek chiqmagan va 2022-yilning 21-yanvarida uning „Krilya Sovetov“ bilan shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilingan.



Astana
2021-yilning 2-aprelida „Astana“ Aymbetovni yozgi transfer oynasigacha „Krilya Sovetov“dan ijaraga olganini eʼlon qilgan va Aymbetov Qozogʻiston Premyer Ligasiga qaytgan. 2021-yil 13-iyulda Astanaga berilgan ijara 2021-yil oxirigacha uzaytirilgan. 2022-yilning yanvarida Turkiyada boʻlib turgan Aymbetov ilk mavsumoldi yigʻini uchun Astana jamosi tarkibiga kelib qoʻshilgan va jamoa bilan mashgʻulotlarga kirishgan.



Xalqaro faoliyati



Aymbetov xalqaro maydonda Qozogʻiston terma hamoasi sharafini himoya qiladi. Uning Qozogʻiston terma jamoasidagi debyuti 2019-yilning 8-iyun kuni Yevro-2020 saralashida Belgiyaga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan. Oʻsha bahsda Aybetov Maksim Fedinning oʻrniga 66-daqiqada maydonga tushgan. Aymbetovga bahsda oʻzini koʻrsatishga vaqt yetmagan. Qozogʻiston terma jamoasi oʻyinda Belgiya termaa jamosaidan magʻlubiyatga uchragan.



faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Xalqaro maydondagi gollari

Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz