Abastumani astrofizika rasadxonasi




Abastumani astrofizika rasadxonasi — Gruziya FA astronomik i. t. muassasasi; 1932 y.da Abastumani qishlog‘i yonida tashkil qilingan. 1937 y.dan dengiz sathidan 1650 m balandlikdagi Kanobili tog‘ida ish olib boradi. Yulduzlarning spektral ko‘rsatkichlari, yulduzlararo muhitda yorug‘likning yutilishi, yulduzlarning Galaktikadagi harakati, Yerning yuqori atmosferasi o‘rganiladi. O‘zgaruvchan yulduzlar va Oy sathi elektrofotometriya qilingan; yulduzlar va b. osmon jismlarining rang ko‘rsatkichlari ro‘yxati tuzilgan, yangi kometalar, kichik sayyoralar, yangi yulduzlar, emission yulduzlar ochilgan. Asosiy asboblari: 70 sm li meniskli teleskop, 125 sm li reflektor, 40 sm li reflektor, Shmidt tizimidagi 36 sm li teleskop, elektrofotometr o‘rnatilgan 32 sm li reflektor, xromosfera teleskopi, 40 sm li qo‘shaloq astrograf va b. 1937 y.dan
«Byulleten» chop etadi. Osmonning 100 mingdan ortiq fotosurati saqlanmoqda.

Manba



O'zME
Gruziya FA astronomik i. t. muassasasi; 1932 y.da Abastumani qishlog‘i yonida tashkil qilingan



Uzpedia.uz