Abashidze



Abashidze Grigol Grigorevich [1914.19.7(1.8), Chiatura 1994] gruzin yozuvchisi. Gruziya FA akad. (1979). Dastlabki she’rlari 1938 y.da matbuotda e’lon qilingan. Ilk poemasi «Qora shaharda bahor» 1938 y, nashr etilgan.

«Dushmanlar» (1941), «Georgiy Oltinchi» (1942), «Bayroqlar» (1943), «Engilmas Kavkaz» (1943) poemasi va b. asarlari 2-jahon urushi haqida. A. «Birinchi tbilisiliklar haqida afsona» (1959), «Uch davrga sayohat» (1961) poemalari, «Oltin uzumzor» (1969) tuplamiga kirgan she’rlari zamonavii mavzuda. «Lasharela» (1957), «Uzoq tun» (1963), «Karnali» (1969) tarixiy romanlarida Gruziyaning 13-a.dagi hayoti aks etgan. A. Gruziya Davlat gimni hammualliflaridan.

Manba



O'zME
Grigol Grigorevich [1914.19.7(1.8), Chiatura 1994] gruzin yozuvchisi

abashidze


Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz