Abasa



Abasa (arab, abasa — qoshini chimirdi, yuzini burishtirdi) — Quronning 80-surasi nomi. 42 oyatdan iborat. Makkada nozil bo‘lgan. Rivoyat qilinishicha, Muhammad (as) Quraysh zodagonlaridan bir guruhini islomga da’vat qilib turganida Abdulloh ibn Ummi Maktum ismli ikki ko‘zi ko‘r bir sahoba kelib:
«Yo rasululloh, menga Alloh sizga bildirgan narsalardan ta’lim bering»
deb so‘raydi. Payg‘ambarning boshqalar b-n band ekanligini sezmagan sahoba yuqoridagi gapini baland ovoz b-n bir necha bor takrorlaydi. Shunda payg‘ambar achchig‘lanib, qovoq soldi va u kishidan yuz o‘girib Quraysh kattalari b-n so‘zlashda davom etdi. A. surasi ko‘zi ojiz bir kishiga ro‘yxush bermagan payg‘ambarga tanbeh berish b-n boshlanadi (shuning uchun ham bu sura «A.» deb nomlangan) va u zotga zimmalaridagi vazifalari yana bir bor uqtirilib, Qur’on oyatlari Alloh tomonidan pand-nasihat oladigan bandalar uchun yuborilgan bir eslatma ekanligi ta’kidlanadi.

Bu suratda Alloh o‘z habibi va so‘nggi
payg‘ambariga bergan tanbehi do‘stning do‘stga qiladigan beg‘araz muomalasi sifatida talqin etilgan.

Manba



O'zME
Quronning 80-surasi nomi. 42 oyatdan iborat

Uzpedia.uz