Abakan tizmasi
Abakan tizmasi G‘arbiy Sibirning jan.-sharqidagi tog‘ tizmasi. Tom daryosi boshlaridan jan.-g‘arbga tomon Teles ko‘ligacha davom etadi. Uz. 300 km. O‘rtacha bal. 1400—1700 m, eng baland nuqtasi 1984 m. Asosan metamorfik jinslardan tuzilgan: ularni granit, gabbro, diorit jinslari intruziyalari yorib chiqqan. Yon bag‘ri 1700 m gacha igna bargli o‘rmonlar, undan yuqorisi tog‘ tundrasi b-n qoplangan.
Manba
O'zME
G‘arbiy Sibirning jan.-sharqidagi tog‘ tizmasi