Abakan
Abakan (1925—31 y.larda Xakassk) — shahar, Krasnoyarsk o‘lkasi tarkibidagi Xakasiya Respublikasining markazi, Abakan daryosi Yeniseyga quyiladigan joyga yaqin. T. y. st-yasi. Aholisi 158,2 ming kishi (1992). Yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati korxonalari, «Abakanvagonmash», «Legmash» z-dlari, pedagogika in-ti, 2 teatr bor. 1823 y. Ust-Abakanskoe qishlog‘i sifatida vujudga kelgan.
Manba
O'zME
shahar, Krasnoyarsk o‘lkasi tarkibidagi Xakasiya Respublikasining markazi