Abakan



Abakan — daryo, Yeniseyning chap irmog‘i, RF Krasnoyarsk o‘lkasida. G‘arbiy Sayan va Oltoy tog‘larining shim. yon bag‘ridan boshlanadigan Katta Abakan va Kichik Abakan soylarining qo‘shilishidan hosil bo‘lib, Krasnoyarsk suv omboriga quyiladi. Uz. 514 km. Havzasi 32000 km2. O‘rtacha suv sarfi 381 m3/sek. Tog‘lardan chiqqach, keng vodiyda ko‘p tarmoqlarga bo‘linib oqadi. Asosan, qor va yomg‘irdan suv oladi. Noyab.ning 2-yarmida muzlab, apr. oxirida muzdan bo‘shaydi. Quyi qismida sekta 400 m3 suv oqadi. Yog‘och oqiziladi. Minusinsk soyligi ekinzorlarini sug‘oradi. A. bo‘yida Abakan sh. bor.

Manba



O'zME
daryo, Yeniseyning chap irmog‘i


Uzpedia.uz