Abak




Abak , abaka (lat. abacus — taxta, hisob taxtasi) — 1) antik me’moriy orderlardagi kapitel (ustun qoshi)ning yuqori qismini tashkil etuvchi toshtaxta. U antablementnk ko‘tarib turadi. A. odatda kvadrat shaklida, uning chekka qismlari to‘g‘ri yoki bir oz botiq, holda uchraydi; 2) Yunonistonda, keyinchalik Fapbiy Yevropada 18-a.gacha arifmetik amallarni yechishda qo‘llanilgan sanoq taxtachasi. Taxtacha tasmalariga terilgan munchoq, toshcha va h. k.ni surib, amallar yechilar edi. Hozirga qadar ba’zi Sharq mamlakatlarida A.ga o‘xshash sanoq taxtachalari qo‘llaniladi. Hisoblarda ishlatiladigan cho‘t ham A. turidir; 3) nomografiyada A. sonli belgilari bo‘lgan maxsus chizma, muhandislik hisoblari uchun ishlatiladi.

Manba



O'zME
hisob taxtasi


Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz