Abadiy qorlar



Abadiy qorlar il bo‘yi erimay yotadigan muz va qor qoplami. Issiq va mo‘tadil o‘lkalarda baland tog‘ va yassi tog‘ cho‘qqilarida, qutbiy o‘lkalarda — tekisliklarda ham uchraydi. Yil davomida yog‘adigan qattiq atmosfera yog‘inining o‘sha joyning relef va iqlim sharoitida erib yoki bug‘lanib ketadigan miqdoridan ortishi hisobiga yuzaga keladi. A.q.ning faqat eng yuqoridagi yuza qatlamigina qordan iborat, chuqurlashgan sari, ustki qatlamlar bosimi tufayli firn (qotgan qor) va muzga aylanadi. A.q.ning eng quyi chegarasi qor chegarasi deb ataladi. A.q.ning yuzasi ko‘p hollarda shu joy relefini silliklangan tarzda aks ettiradi; shu b-n birga A.q.ning o‘ziga taallukli mikrorelef shakllari ham (seraklar, erish egatlari, uyali qor) mavjud. Tekis yuzalarda shamol qorlardan turli qor uyumlarini shakllantiradi.

Manba



O'zME
yil bo‘yi erimay yotadigan muz va qor qoplami. Issiq va mo‘tadil o‘lkalarda baland tog‘ va yassi tog‘ cho‘qqilarida, qutbiy o‘lkalarda — tekisliklarda ham uchraydi


TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz