Abadiy muzloq yer
Abadiy muzloq yer (ko‘p yillik muzloq yer, doimiy muzloq yer, mangu tung yer)— Yer yuzasidan ma’lum chuqurda joylashgan va uzoq vaqt (2 yiddan bir necha ming yillargacha) muttasil muzlab yotadigan (t-rasi 0° dan past bo‘lgan) tog‘ jinslari. Odatda Yer yuzining shim. va jan. sovuq o‘lkalarida hamda baland tog‘larda uchraydi. Yevrosiyoda Ab. m. ye. mayd. 10 mln. km
2 dan ziyod. Yillik o‘rtacha t-rasi 0° dan past bo‘lgan o‘lkalarda keyingi davrlarda ham Ab. m.e. lar vujudga kelayotgani xaqida ma’lumotlar bor. Ab. m. ye. ning yuza yupqa qatlami yoz vaqtida bir oz eriydi. Ab. m. ye. Tuproq jarayoniga, o‘simliklarga, hayvonot dunyosiga ta’sir etadi. Ab. m. ye. qurilish ishlarini
qiyinlashtiradi.
Manba
O'zME
Yer yuzasidan ma’lum chuqurda joylashgan va uzoq vaqt muttasil muzlab yotadigan tog‘ jinslari