Abadiy haqiqat



Abadiy haqiqat bilishning rivojlanish jarayonida haqiqatlarni rad qilib bo‘lmasligini bildiruvchi termin. Bu jihatdan A.h. mutlaq haqiqatga o‘xshashdir. Inson bilish jarayonida ko‘pincha nisbiy haqiqatlar b-n ish ko‘radi, bu nisbiy haqiqatlarda esa mutlaq haqiqatlarning bo‘laklari mavjud bo‘ladi (yana q. Haqiqat). Diniy qarash bo‘yicha, diniy arkonlar A.h.dir. Chunonchi, islomga ko‘ra, unda e’tirof etilgan aqidalar — Allohning yagonaligiga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg‘ambarlarga, oxiratga, taqdirning ilohiyligiga va inson o‘lganidan keyin qayta tirilishiga ishonish A.h. hisoblanadi.

Manba



O'zME
bilishning rivojlanish jarayonida haqiqatlarni rad qilib bo‘lmasligini bildiruvchi termin

abadiy, haqiqat


Uzpedia.uz