Abad



Abad (arab. — so‘nggi yo‘q, mangulik) — 1) doimiy, ya’ni biror bir harakatning uzluksiz davom etishi. A.dan «abadiy», «abadiylik», «abadiyat», «abado» kabi so‘z atamalar yasalgan. Ular «ni-hoyasi yo‘q», «cheksiz», «cheksizlik», «zavolsiz» kabi falsafiy, ilmiy tushuncha va ma’nolarni ifodalaydi. A.ning ziddi «azal»dir. Azal — eng avvalgi davr, ibtidosi bo‘lmagan o‘tgan zamon»; 2) mangu (o‘limsiz) hayot, abadiylik. Islom dini ta’limotiga ko‘ra, «abadiylik» tushunchasi avvalo Allohga tegishlidir. Oxiratdagi jannat va do‘zax axli ham abadiylikka mansubdirlar.

Manba



O'zME
doimiy, ya’ni biror bir harakatning uzluksiz davom etishi

abad


Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz