AB
AB , abun — arabcha ota, padar so‘zining izofaga kirishmagan, noaniq va bosh kelishikdagi shakli. Uning izofaga kirishgan, aniq va bosh kelishikdagi shakli — Abu. 1. Arablar, shuningdek islom olamidagi boshqa xalqlar kunyalari tarkibiga kiruvchi so‘z. Mas, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va b. «Abu» b-n kelgan ism shaxsning otasi ekanligini, «ibn» b-n kelgan ism esa shaxsning o‘g‘li ekanligini bildiradi. «Abu» so‘zi turdosh ot ma’nosida ham ishlatiladi. Bunda u kunya bo‘lmaydi. Mas, «Abunnazzora — «ko‘zoynak otasi» (ya’ni ko‘zoynak taqib yuradigan kishi). Ba’zan «Abu» so‘zi hayvonlar va jonsiz narsalarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Mac, «Abu riyoh» — «shamol otasi» (ya’ni kaysi tomondan shamol esayotganligini ko‘rsatuvchi temir parrak) (flyuger);
«Abulyaqzon» — xo‘roz. Ko‘pgina adabiy so‘z va atamalar qatori «Abu» so‘zi ham o‘zbek adabiy tilida 9—10 a.lardan boshlab turkiy so‘z va atamalar b-n yonma-yon, goh ularning o‘rnida qo‘llanila boshlan- gan. Mas, Alisher Navoiy quyidagi she’riy baytida «bobo» so‘zi o‘rnida arabcha «jadd» va «ota» so‘zi o‘rnida «ab» so‘zini qo‘llagan.
Degach abjad, boshig‘a uyrulurlar —
Qamar birla quyosh, ya’ni jadu ab.
2. Qad. turkiy tilidagi ko‘makchilardan biri. Yozuvda ikkinchi harf «b» yozilsa ham, talaffuzda «p» aytiladi; «ap ezgu» («juda yaxshi»), «ap ak» («oppok») Mahmud Koshg‘ariy.
Manba
Devonu lug‘otit turk, 1-j. T., 1960, 70-6.
AB, abun — arabcha ota, padar so‘zining izofaga kirishmagan, noaniq va bosh kelishikdagi shakli. Uning izofaga kirishgan, aniq va bosh kelishikdagi shakli — Abu.