Aasia
Aasia Begum (
Aasia nomi bilan mashhur) (1951-yil 13-noyabr – 2013-yil 9-mart) 1970, 1980 va 1990-yillarda faol boʻlgan pokistonlik kino aktrisasi edi.
Yoshligi
Aasia 1951-yilda Hindistonning Panjob shtatidagi Patiala shahrida tugʻilgan. Asl ismi Firdous boʻlib, Hindistondan Pokistonga hijrat qilgan. U faoliyatini tugatgandan soʻng Nyu-Yorkda istiqomat qildi va u yerda 2013-yil 9-martda 60 yoshida vafot etdi.
Faoliyati
U Pokiston kino sanoatidagi ilk debyutini 1970-yilda prodyuser Shabab Kiranvining filmida ijro etgan . Xuddi shu yili u rejissyor Riaz Shahidning "Gharnata" (1970) filmida ham rol oʻynadi. Aasia 179 dan ortiq panjob filmlaridan tashqari bir nechta urdu filmlarida ham rol oʻynagan .Aasia panjob filmi boʻlmish " Maula Jatt " (1979) dagi „Mukxo“ roli bilan yaxshi eslanadi. Bu rol Pokistonning panjob tilidagi filmlarida „Jatti“ va „Chaudhrani“ tushunchalarini qayta belgilab berdi. Oʻsha filmda u oʻzining panjabi tilidagi aksentini Sargodha va Jhang aksentlariga mos ravishda qoʻllagan.
Shaxsiy hayoti
U Karachida yashovchi tadbirkorga turmushga chiqdi va ularning toʻrtta farzand koʻrishdi..
Vafoti
Aasia kino sanoatidan 1990-yillarning oʻrtalarida voz kechib, oilasi bilan Nyu-Yorkda yashay boshlagan. U 2011-yilda Karachi shahrida joylashgan Aga Khan universiteti kasalxonasida sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli davolanish uchun murojaat qiladi ammo keyinchalik tinchgina Nyu-Yorkka qaytishni afzal koʻradi.U 2013-yil 9-martda Nyu-Yorkda 60 yoshida nomaʼlum sabablarga koʻra vafot etdi .
Filmografiya
Film
Mukofot va unvonlari
Manbalar
uz.wikipedia.org