Aaron Ramsdale





Aaron Christopher Ramsdale (1998-yil 14-mayda tugʻilgan) - professional ingliz futbolchisi, "Arsenal" klubi va Angliya terma jamoasida darvozaboni sifatida oʻynaydi.


Ramsdeyl oʻzining professional futboldagi faoliyatini "Sheffild Yunayted"da boshlagan va 2017-yilda AFC Bournemouth bilan shartnoma imzolagan. Chesterfield va AFC Wimbledon safiagi ketma-ket muvaffaqiyatli ijara mavsumlaridan soʻng, Ramsdeyl "Bornemouth"da bir mavsum oʻynadi va boshlangʻich 18 million funt sterling evaziga "Sheffield United" safiga qayta qoʻshildi. 2021-yilda Ramsdeyl "Arsenal"ga 30 million funt sterlingni tashkil etadigan rekord transferga imzo chekdi va klub tarixidagi eng qimmat darvozabon boʻldi.


Ramsdeyl Angliyaning U18 yosh toifasidan tortib kattalar jamoasigacha boʻlgan barcha darajalarida toʻp surgan va 2017-yilda UEFA U-19 Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan va Yevro-2022 da ikkinchi oʻrinni egallagan tarkib darvozaboni boʻlgan.




Jamoalardagi faoliyati



Sheffield United



2013-yilda Ramsdeyl Bolton Uonderers yoshlar jamoasida oʻynaganidan soʻng "Sheffild Yunayted" tarkibiga qoʻshildi. Sheffild Yunayted yoshlar akademiyasini bitirganidan soʻng Ramsdeyl 2014-yilning may oyida klub bilan stipendiya imzoladi. Ramsdeyl 2015-16 yilgi mavsumda " Coventry City" va "Scunthorpe United"ga qarshi oʻyinlarda ikki marta zaxiradan maydonga tushdi. 2016-yilning may oyida u klub bilan ilk professional shartnomasini imzoladi.


Ramsdeyl oʻzining professional debyutini Angliya kubogida "Leyton Orient" ustidan 6:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda oʻtkazdi va darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. U Angliya kubogi doirasida Bolton Wanderersga qarshi oʻyinda yana bir bor maydonga tushdi, ammo jamoa 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchradi.




AFC bournemouth



2017-yilning 31-yanvarida u Premyer-liganing AFC Bournemouth klubi tomonidan taxminan 800 000 funt sterling miqdoridagi toʻlov evaziga transfer qilindi. Biroq bu transfer 1 million funt sterlingga tushgani haqida xabar tarqalgandi. Ramsdeyl "Lester Siti"ga qarshi 2016-17 yilgi mavsumning soʻnggi oʻyinida zaxira oʻrindigʻidan joy olgan edi.


U 2019-yilning oktyabr oyida klub bilan yangi va uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Oʻsha oyda Ramsdeyl formasi yaxshi boʻlib, "Norwich City" va "Watford"ga qarshi oʻyinlarda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab, klubda oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi. Keyingi bir necha oyda ham uning formasi yaxshiligicha davom etdi, yanvar oyida bir qator ajoyib oʻyinlari, jumladan, Brighton & Hove Albionga qarshi oʻyindagi "Man of the match" va klub safida oyning eng yaxshi oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritdi. 10-avgust kuni Ramsdeyl klub muxlislari tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.



"Sheffield United"ga qaytish



2020-yil 19-avgustda Ramsdeyl 18,5 million funt sterling evaziga toʻrt yillik shartnoma asosida Sheffield United safiga qaytdi. 2021-yil may oyida u butun mavsum davomida darvozasini munosib qoʻriqlagani uchun Sheffild Yunaytedning yilning eng yaxshi futbolchisi vayilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi.



Arsenal



2021-yil 20-avgust kuni Ramsdeyl APLning "Arsenal” klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Besh kundan soʻng Karabao kubogi doirasida “West Bromwich”ga qarshi safar oʻyinida debyut qildi va 6:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. U Premer-ligadagi debyutini 11-sentabr kuni “Arsenal” "Emirates” stadionida “Norwich City”ni qabul qilib, 1:0 hisobida zafar quchgan oʻyinda oʻtkazdi va yana bir bor darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Ligadagi quruq oʻyinlar seriyasidan soʻng 26-sentyabr kuni Shimoliy London derbisida "Tottenham" qarshi oʻz uyida 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvda birinchi golini oʻtkazib yubordi. 2021-yil noyabr oyida bir qator ajoyib oʻyinlardan soʻng Ramsdeyl Premer-ligada oktabr oyining eng yaxshi oʻyinchisi nominatsiyasiga nomzod boʻlgan sakkiz oʻyinchidan biri boʻldi, ammo yakunda sovrin “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohga topshirildi. Shuningdek, klub muxlislarining 60% ovozi bilan 2021-yil oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Noyabr oyida u yana 42% ovoz bilan mukofotni qayta qoʻlga kiritdi.



Xalqaro maydonda...



Yoshlar jamoalari



Ramsdeyl Angliyaning U18, U19, U20 va U21 terma jamoalari sharafini himoya qilgan.


2016-yilning avgustida Ramsdeyl Angliya U19 terma jamoasiga chaqirildi va u 2016-yilning 4-sentyabrida Belgiya U19 ga qarshi oʻyinda (1:0) debyut qildi. Ramsdeyl UEFA U-19 Yevropa chempionati 2017 bahslarida Angliya U19 terma jamoasi safida barcha beshta oʻyinda maydobga tushib musobaqa gʻolibi boʻldi va turnir davomida beshta oʻyindan uchtasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.



Milliy terma jamoa



2021-yil 25-may kuni Ramsdeyl kechiktirilgan UEFA Yevro-2020 chempionati uchun Gareth Southgate boshqaruvidagi kattalar jamoasining 33 kishilik boshlangʻich tarkibiga chaqirildi. Dastlab u 26 kishilik yakuniy tarkibga kiritilmagan, darvozabonlar Dean Henderson, Sam Johnstone va Jordan Pickford undan oldin tanlab olingan edi, ammo Henderson jarohat olib, musobaqani tark etganidan soʻng, bir oʻyinda jamoaga chaqirilgan. Ramsdeyl 2021-yil 15-noyabrda JCh-2022 saralash bosqichida San-Marinoga qarshi safarda 10:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda milliy terma jamoa tarkibidagi debyutini oʻtkazdi.



Shaxsiy hayoti



Ramsdeyl "Vest Bromvich" muxlisidir; 2019-yilda jamoaning sobiq posboni Ben Foster unga qarshi oʻynaganida, uni hayratda qoldirganini izhor etgan edi.



Karyera statistikasi



Klub



2022-yil 20-avgust holatiga ko'a

Xalqaro



2022-yil 14-iyun holatiga ko'ra[41]

Sovrinlar



Angliya U19




Angliya U21




Angliya




Individual




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz