Aaron Morris





Aaron John Morris (talaffuzi: Aaron Jon Morris) (1989-yil 30-dekabrda tugʻilgan)—uelslik professional futbolchi. Aaron Morris oxirgi marta Birinchi Liga vakili „Gillingham“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynagan.




Klubdagi faoliyati



Cardiff City



Aaron Morris Cardiffning Rumney shahrida tugʻilgan.


„Cardiff City“ futbol klubi safiga yosh oʻyinchi sifatida qoʻshilgan holda, Aaron Morris 2007-yil 23-yanvarda FAW Premer kubogi doirasida „Welspool Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (1:0) asosiy jamoada debyut qildi.


2008—2009-yilgi mavsum boshida Aaron Morris birinchi marta toʻliq birinchi jamoa tarkibida barcha oʻyinlarda ishtirok etdi. 2008-yilning avgust oyida Morris „Cardiff“ klubi oʻyinchisi Jonathan Brown bilan birga „Bournemout“ futbol klubiga ijaraga oʻtmoqchi edi. Har ikkala klub ham Morrisning Cardiffdagi akademiya futbolchisi boʻlganini va uni ijaraga olish huquqiga ega emasligini eʼtibordan chetda qoldirganidan keyin bu harakat amalga oshmadi. 2008-yil 26-avgustda Morris „Cardiff“ klubining „Milton Keynes Dons“ klubi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan Liga kubogi doirasidagi bahsida Darcy Blake tizzasidan jarohati olganidan keyin zaxiradan maydonga tushirildi.



Aldershot Town



Aaron Morris „Cardiff“ futbol klubini tark etganidan soʻng, „Brighton & Hove Albion“ va „Exeter City“ futbol klubi jamoalarida sinovdan oʻtdi va 2010-yil 30-iyul kuni „Aldershot Town“ futbol klubi jamoasiga qoʻshildi. 2010-yil 18-sentabrda „Wycombe Wanderers“ futbol klubi bilan 0:0 hisobidagi durangdan soʻng Morris oʻzining ilk start oʻyinida „Oʻyinning eng yaxshi odami“ deb topildi. „Aldershot“ futbol klubidagi birinchi mavsumida Morris barcha musobaqalarda 25 ta oʻyinda maydonga tushdi. Keyingi mavsumda Aaron Morris asosiy jamoa tarkibida doimiy maydonga tusha boshladi va barcha musobaqalarda 45 ta oʻyin oʻtkazdi. Aaron Morrisning „Aldershot“ klubi safidagi uchinchi mavsumidan keyin uning „Aldershot“ klubi bilan shartnoma mudddati yakunlandi va u klubni tark etdi.



AFC Wimbledon



Aaron Morris 2014-yilning 10-yanvarida „Wimbledon“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Transfer haqida klub murabbiyi Ardley „Agar Aaron jarohati boʻlmaganida men yozda shartnoma imzolagan boʻlardim. Aaron bir qancha pozitsiyalarda oʻynay oladi, lekin u mening nazarimda juda yaxshi markaziy himoyachi boʻla oladi“ dedi. Keyinroq Morris oʻzining twitter sahifasida „Orqaga qaytsih qiyin boʻldi, lekin qaytganimdan va „AFC Wimbledon“ klubi bilan shartnoma imzolaganimdan xursandman, ishonchim komilki, oldinda yaxshi narsalar boʻladi“ deb yozgan edi.



Gillingham



2013—2014-yilgi mavsumdan soʻng Aaron Morris „Gillingham“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2015—2016-yilgi mavsum yakunida Morris klub bilan yana ikki yillik uzytirilgan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi.



Faoliyat statistikasi




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz