Aaron Lennox





Aaron Keith Lennox (talaffuzi: Aaron Keyt Lennoks) (1993-yil 19-fevralda tugʻilgan) — avstraliyalik professional futbolchi. Aaron Lennox Shotlandiyaning „Montrose“ futbol klubi darvozabonidir. Lennox faoliyati davomida „Queens Park Rangers“, „Maidenhead United“, „Concord Rangers“, „Hayes & Yeading United“, „Aberdeen“, „Raith Rovers“, „Cowdenbeath“ va „Partick Thistle“ futbol klublarida oʻynagan edi.




Klubdagi faoliyati



Queens Park Rangers



2011-yilda Lennox „Queens Park Rangers“ futbol klubi safiga qoʻshildi.


2013-yilning 30-yanvarida Aaron Lennox „Queens Park Rangers“ futbol klubi bilan shartnomani ikki yilga uzaytirdi.


2015-yilning may oyida, Lennoxga shartnomasini uzaytirish taklif qilinmadi va u „Queens Park Rangers“ klubini tark etdi.



Hayes & Yeading United



2015-yil 19-sentyabrda Aaron Lennox „Hayes & Yeading United“ klubi jamoasiga qoʻshildi, biroq bir hafta oʻtib, maydonga biron marta tushmaganidan keyin shartnomasini bekor qildi.



Aberdeen



2016-yilning 25-yanvarida Lennox Shotlandiyaning „Aberdeen“ klubi jamoasi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Aaron Lennox 2015—2016-yilgi Shotlandiya Premer-ligasining soʻnggi oʻyinida „Ross County“ futbol klubiga qarshi ilk professional oʻyinini oʻtkazdi. 2016-yilning may oyida u „Aberdeen“ klubi bilan yangi bir yillik shartnoma imzoladi. „Raith Rovers“ klubiga ijaraga berilganidan soʻng, Lennox 2017-yil 31-mayda „Aberdeen“ klubini tark etdi.



Raith Rovers



"Aberdeen" klubi bilan shartnomasini uzaytirgandan soʻng, Lennox 2016-yil iyun oyida Shotlandiya chempionatining „Raith Rovers“ klubi jamoasiga bir mavsumga ijara asosida qoʻshildi. Aaron Lennox mavsumning Ikkinchi liga oʻyinida „Raith Rovers“ klubida „St Mirren“ futbol klubiga qarshi ilk oʻyinini oʻtkazdi. Keyin u „Raith Rovers“ klubi bilan ikkinchi oʻyinida oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Besh oy oʻtgach, Lennox „Dundee United“ klubiga qarshi mashgʻulot oʻyinida yuzi va qoʻlidan jiddiy jarohat oldi. Natijada Lennox 2017-yil mart oyida „Aberdeen“ klubiga qaytdi.



Partick Thistle



Lennox 2018-yil iyun oyida Shotlandiya chempionati vakili „Partick Thistle“ futbol klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.



Cowdenbeath (ijara)
Lennox 2019-yilning yanvar oyida mavsum oxirigacha „Cowdenbeath“ futbol klubiga ijaraga berilgandi.


„Cowdenbeath“ klubi uchun oʻzining birinchi oʻyinida Lennox SPFL hafta jamoasiga kiritilgan boʻlib, muhim oʻyinlarda koʻplab seyvlarni amalga oshirgan edi.



Montrose



2019-yil iyul oyida Lennox bir yillik shartnoma asosida Shotlandiya Birinchi ligasi vakili „Montrose“ futbol jamoasiga qoʻshildi.



Faoliyat statistikasi




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz