Aaron Frenkel
Aaron G. Frenkel (1957-yil 9-sentyabrda Isroilda tugʻilgan) – xalqaro tadbirkor, investor va xayriyachi.
Faoliyati
Frenkel 1980-yillardan beri investitsiyalar, mol-mulk va koʻchmas mulk bilan shugʻullanadigan Loyd’s Group kompaniyasining egasi.
U Loyd guruhini Markaziy va Sharqiy Evropada The Boeing kompaniyasi, Airbus SE, Gulfstream Aerospace, Agusta, Embraer va boshqalar kabi asosiy tijorat fuqaro aviatsiyasi sanoatining ishlab chiqaruvchi (OEM) vakili sifatida tashkil etgan . Kompaniya soʻnggi 25 yil davomida 35 milliard dollardan ortiq sarmoya va bitimlarda ishtirok etgani taxmin qilinmoqda. Frankel 2020-yilda Isroil koʻchmas mulk sektoridagi eng yirik va eng qadimgi kompaniyalardan biri boʻlgan Gav-Yam koʻchmas mulk kompaniyasida boshqaruvni qoʻlga kiritadi. 2021-yilning dekabr oyida esa Gav-Yamdagi mulkini Property & Building Korporatsiyasiga sotgan.
U Abu Dabidagi Mubadala Investment kompaniyasi bilan birga Oʻrta yer dengizidagi Tamar gaz konining 22% ulushini sotib olgan.
Keyin bank sektoriga sarmoya kiritib, 2022-yilning iyun oyida Bank Leumining eng yirik xususiy aktsiyadoriga aylanadi (2,1%).
Aoran Frenkel Yevro-Osiyo yahudiylari kongressi (EAJC) raisi, Butunjahon yahudiylar kongressi (WJC) vitse-prezidenti va Limmud FSU prezidenti hisoblanadi.
Xayriyasi
U sogʻliqni saqlash, farovonlik, toza atrof-muhit va taʼlim sohalarida xayriyachi.
Shaxsiy hayoti
Frenkelning turmush oʻrtogʻi Maja Rut Frenkel boʻlib, ularning 5 ta farzandi bor.
Mukofot va eʼtiroflari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org