Aaron Cresswell





Aaron William Cresswell (talaffuzi: Aaron Uilyam Kressvell) (1989-yil 15-dekabrda tugʻilgan)—angliyalik professional futbolchi. Aaron Cresswell Premyer-liga vakili „West Ham United“ futbol klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.


Aaron Cresswell 2008-yilda „Tranmere Rovers" futbol klubi safiga qoʻshilgan. U klub safida 70 ta oʻyinda maydonga tushgan. Shundan soʻng, Aaron Cresswell 2011-yilda “Ipswich Town" futbol klubi safiga qoʻshilgan. U yerda Aaron Cresswell 138 ta oʻyinda maydonga tushgan. Aaron Cresswell 2016-yilning noyabr oyida „Wembley“ stadionida Ispaniya milliy futbol terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida Angliya milliy futbol terma jamoasi safida ilk xalqaro oʻyinini oʻtkazgan.




Yoshligi



Aaron Cresswell Merseysidening Liverpool shahrida tugʻilgan.



Klublardagi oʻyin faoliyati



Aaron Cresswell yoshligida „Liverpool“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga qoʻshilgan va u yerda tarbiyalangan. 2008-yilda Aaron Cresswell „Tranmere Rovers“ futbol klubi tarkibiga qoʻshilgan. Shundan soʻng, Aaron Cresswell Angliyaning „Ipswich Town“, "West Ham United' futbol klublarida oʻynagan.



Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati



2016-yil 7-noyabrda Danny Drinkwater jarohati tufayli terma jamoani tark etganidan so‘ng Aaron Cresswell 2018-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Shotlandiya va Ispaniya milliy futbol terma jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari uchun Angliya milliy futbol terma jamoasi tarkibiga kiritildi. Aaron Cresswell 15-noyabr kuni „Wembley“ stadionida Ispaniya milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (2:2 hisobida durang) Danny Rosening oʻrniga zaxiradan maydonga tushirildi. Bu uchrashuv Aaron Cresswellning ilk xalqaro oʻyini edi.



Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz