Aardonyx





Aardonyx (talaffuzi: Ardoniks) — Sauropodomorph turiga mansub oʻtxoʻr dinozavrlar turkumi, hozirgi Janubiy Afrika hududida (taxminan 195 million yil oldin) yura davrida yashagan. Aardonyx celestae nomli yagona tur bilan ifodalanadi.



Tavsifi



Aardonyx celestae turi 2009-yilda Janubiy Afrikada ilk yura davriga tegishli qoldiqlardan (Sinemurian — Pliensbachian) topilgan. Qazishmalar Elliot geologik tuzilmasida Mark karyeri (inglizcha: Marc's Quarry) deb nomlanuvchi joyda olib borilgan. Paleontologlar bir qancha suyaklar va ularning boʻlaklarini topishga muvaffaq boʻlishgan. Qazilmalar ikki xil turga tegishli ekanligi taxmin qilinadi. Tur nomi afrikaans tilidan „aard“ — yer va yunoncha „onyx“ — tirnoq degan maʼnoni anglatadi. Muayyan nom ushbu turni kashf etgan va birinchi fotoalbomlarini tayyorlagan Celeste Yates sharafiga qoʻyilgan.


Dinozavr qoldiqlari orqali olimlar uning uzunligi hayotligida taxminan 7 metr boʻlganligini aniqlagan. Uning uzun boʻyni va kichik boshi, sauropodlar — ulkan toʻrt oyoqli dinozavrlarning boshini eslatardi. U prozauropodlar va sauropodlarnikiga oʻxhshash old oyoqlariga ega. Jagʻlarning tahlili ushbu dinozavr oʻtxoʻr ekanligini aniqlagan.


Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, yangi tur bizga to‘rt oyoqli dinozavrlar evolyutsiyasini oydinlashtirish imkonini beradi.




Tasniflash



Yeats va uning hamkasblari tadqiqotiga koʻra, Aadronyxning sauropodomorphlar orasidagi oʻrnini koʻrsatadigan kladogramma:





Aardonyx tetrapod bazal sauropodomorphlar va sauropodlar oʻrtasidagi oʻtish davri tufayli sauropodomorphlarning qardosh guruhiga kiradi (Melanorosaurus + sauropodlar). Yates tasnifiga koʻra (2009), aardonyx Anchisauria guruhiga tegishli.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz