Aamna Sharif
Aamna Sharif (1982-yil 16-iyulda tugʻilgan) hind televideniyesi aktrisasi boʻlib, Kaxiin to Xoga filmidagi Kashish, Hongey Judaa Na Xum filmidagi Muskan va Kasautii Zindagii Kay 2 filmidagi Komolika Chaubey Basu obrazlari bilan tanilgan.
Yoshlik davri
Aamna Sharif 1982-yil 16-iyulda Maxarashtra shtatining Mumbay shahrida tugʻilgan. Uning otasi hind, onasi esa fors-bahrayn. U Bandra shahridagi Sent-Anna oʻrta maktabida tahsil olgan.
Shaxsiy hayoti
2012-yilda Sharif bolaligidan akrofobiya bilan ogʻriganini aytgan. Deyarli bir yil uchrashganidan soʻng, Sharif 2013-yil 27-dekabrda oʻzining produseri boʻlgan sevgilisi Amit Kapoorga turmushga chiqqan. Er-xotinning birinchi oʻgʻil farzandi 2015-yil 2-sentabrda dunyoga kelgan. Ular oʻgʻliga Arain Kapoor deb ism qoʻyishgan.
Faoliyati
Kollejning ikkinchi yilida Sharif turli brendlarda modellik boʻyicha takliflar ola boshladi. Sharif oʻz faoliyatini kliplarda ishtirok etish orqali boshlagan. Sharif oʻzining Kashish Sinha rolida debyutini Rajeev Xandelva rejjisori boʻlgan „Kahiin To Hoga“ filmida qilgan. 2012-yildan 2013-yilgacha u Raqesh Vashistga tegishli Sony TV -ning Hongey Judaa Na Hum filmida Muskaan Mishra rolini ijro etgan.
Sharif oʻzining kino debyutini 2009-yilda Bollivuddagi Aftab Shivdasani „Aloo Chaat“ filmi bilan qilgan. Xuddi shu yili u yana Shivdasani bilan Aao Wish Karein filmida rol oʻynadi. 2014-yilda u Mohit Surining „Ek Villain“ filmida paydo boʻldi. Biroq, filmlarning hech biri eʼtirofga sazovor boʻlmadi va u 2012-yilda Hongey Judaa Na Hum bilan televidyeniyega qaytdi.
2019-yilda Sharif Star Plus Kasautii Zindagii Kay bilan olti yildan soʻng televideniyega qaytdi, u yerda Hina Xon oʻrniga Antagonist Komolika Basu rolini ijro etgan.
Filmografiyasi
Televideniyeda
Filmlarda
Musiqiy videolarda
Manbalar
uz.wikipedia.org