Aaman Trikha
Aman Trikha 1986-yil 12-dekabrda tugʻilgan boʻlib
Aaman Trikha nomi bilan tanilgan Mumbaylik hind ijrochisidir . U hind, ingliz va boshqa tillarda qoʻshiqlar kuylaydi va 2014-yil Loksabha saylovida Bharatiya Janata partiyasining madhiyasi boʻlgan " Achhe din aane waale hain " ni kuylagan .
Yoshligi
Trikha hech qanday muallim yordamisiz pianino chala boshladi. 2005-yilda Thakur muhandislik va texnologiya kollejida elektronika va telekommunikatsiyalar boʻyicha bakalavr diplomi uchun oʻqirdi. Oʻqishining birinchi yilida u qoʻshiq kuylay olishini tushunib yetdi . Trikha qoʻshiqchilikdan tashqari aktyorlik, qoʻshiq yozish bilan ham shugʻullangan. Hind klassik musiqa janrini esa Rampur Sahaswan Gharanalik Ustad Maqbool Hussain yordami bilan chuqur oʻrganadi. Bollywood olamiga „Oh My God“ filmidagi „Go Go Govinda“ musiqasini kuylash orqali kirib keladi. Amitabh Bachchan, Shah Rukh Khan, Salman Khan, Akshay Kumar, Ajay Devgn, Varun Dhawan, Sanjay Dutt va boshqa taniqli Bollywood artistlari uchun kuylagan. Bundan tashqari hind va ingliz tillaridan boshqa 14 ta hind mahalliy tillarida qoʻshiqlar kuylagan, bular: Punjabi, Kannada, Tamil, Malayalam, Telugu, Tulu, Bhojpuri, Rajasthani, Gujarati, Marathi, Bangla, Urdu va Oriya. U faqatgina filmlar emas balki tele-koʻrsatuv, seriallar uchun ham kuylagan.
Mukofot va nominatsiyalar
Diskografiya
Bollywood qoʻshiqlari
Mahalliy qoʻshiqlar
Veb-seriyalar / Albom qoʻshiqlari / Singllar
Birinchi yakkaxon musiqa videosi
Aaman Trikha 2014-yilda Crescendo Music/ Universal Music musiqiy yorligʻi ostida oʻzining birinchi yakkaxon musiqiy videosi „Mahiya Tu Hi Tuni“ chiqardi.
Manbalar
uz.wikipedia.org