AALTONEN



Aaltonen Vyaynyo Valdemar (1894.8.3, Martilla — 1966.30.5, Xelsinki) — fin haykaltaroshi. Psixologik portretlar («Ya. Sibelius», marmar, 1935, Sibelius uy-muzeyida), haykallar («Qizlar» turkumi, granit, 1917—41) muallifi; monumental va bezak haykallar ustasi (A. Kivi g‘aykali, bronza, 1932—34, Xelsinki; monumentlar — «Do‘stlik», bronza, 1952; «Tinchlik», granit, 1950—52; Laxtida, Tinchlik Oltin medali, 1953 va b.). Shuningdek u rassom va medal yasash ustasi sifatida ham ijod qilgan. A. ijodi insonparvarligi, g‘oyadagi tuyg‘u-ruhiyatning anikligi b-n ajralib turadi.

Manba



O'zME
Aaltonen Vyaynyo Valdemar (1894.8.3, Martilla — 1966.30.5, Xelsinki) — fin haykaltaroshi.

Uzpedia.uz