A. S. King




Amy Sarig King — yozuvchi(1970-yil 10-martda tugʻilgan). U amerikalik qisqa va yosh fantastika yozuvchisi.




Biografiyasi



Amy Sarig King yosh va kattalar romanlari, oʻrta sinf romanlari, qisqa fantastika va yosh kitobxonlar uchun asarlarning amerikalik yozuvchisi. U 2022-yilgi Margaret A. Edvards mukofotining „yoshlar adabiyotiga qoʻshgan muhim va doimiy hissasi uchun“ sohibi. "King Pensilvaniya shtatining Reading shahridan tashqarida tugʻilib oʻsgan. U 1988-yilda Exeter Township katta oʻrta maktabini tamomlagan. Filadelfiya sanʼat institutida fotografiya boʻyicha diplom oldi, soʻngra Irlandiyaning Dublin shahriga koʻchib oʻtdi va u yerga esa 1994-yilda romanlar yozishni boshladi. Dublinda ikki yil oʻtgach, u Tipperari shahriga koʻchib oʻtdi. U yerda fermani taʼmirlab toʻgʻirlaydi va kattalarga savod oʻrgatib bilin berdi. U 2004-yilda Pensilvaniyaga qaytib keldi va oʻn besh yillik yozganidan soʻng 2009-yilda oʻzining birinchi romani "100 itning changi" ni nashr etdi.



Faoliyati



King koʻplab yosh kattalar kitoblarining muallifi boʻlib, u The New York Times Book Review tomonidan „hozirgi kunda ishlaydigan eng yaxshi YA yozuvchilaridan biri“ sifatida tan olingan. Uning ishi yosh kattalar va kattalar kitobxonlari oʻrtasidagi tafovutni bartaraf etishi bilan mashhur. U shuningdek, Amy Sarig King nomi bilan mashhur oʻrta sinf romanlarini yozadi. Uning kattalar uchun qisqacha badiiy adabiyoti keng nashr etilgan va „Eng yaxshi yangi Amerika ovozi“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan inson.



Oʻqitishi, taqdimotlari va ommaviy chiqishlari



AS King Vermont Tasviriy Sanʼat Kollejidagi Bolalar va Yosh kattalar TIV dasturining oʻqituvchisi boʻlgan. Tajribali oʻqituvchi va boshlovchi, King yilning koʻp oylarini maktabga tashriflar, konferensiyalar, seminarlar va adabiy festivallar uchun AQShga sayohat qiladi va borib keladi. King koʻp vaqtini va platformasini ruhiy salomatlik targʻibotiga bagʻishlaydi. Oʻz taqdimotlarida u koʻpincha hayotiy koʻnikmalar, his-tuygʻular, zoʻravonlik, oʻzini oʻzi qadrlash, xavfsiz munosabatlar va travma kabi mavzularga eʼtibor berib shu mavzularda gapiradi.



Mukofotlari va eʼtirofi



King koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan 2011-yil Michael L. Printz mukofoti qoʻlga kiritgan, Yoʻlovchilardan soʻrash uchun 2013-yil Los-Angeles Times kitob mukofoti va Dig uchun 2020-yil Michael L. Printz mukofoti sovrindori. 2015-yilda u Pensilvaniya maktab kutubxonachilari assotsiatsiyasi tomonidan oʻsha yil uchun „Pensilvaniyaning eng yaxshi muallifi“ deb topilgan, uning barcha romanlari shtatda tasvirlanib berilgan. King, shuningdek, 2022-yilgi Margaret A. Edvards mukofoti sohibi boʻlib, muallif va „uning asarining maʼlum bir jamlanmasini yosh kattalar adabiyotiga qoʻshgan salmoqli va doimiy hissasi uchun“ taqdirlaydi. Uning koʻpgina asarlari kitob mukofotlari uchun daʼvogar boʻlgan yoki yillik kitoblar roʻyxatiga kiritilgan, chunki uning bunday turli qirralarda yozilgan asarlari munosib taqdirlanadi.



Koʻp haqiqatli yigit

Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz